Quloqchali borsh
Quloqchali borsh — tuxumli xamirdan tayyorlangan ichi nachinkali kichik varenikchalar — quloqchalari boʻlgan borsh. Nachinka uchun pishirilgan qoʻziqorin, piyoz, goʻsht, boʻtqa, maydalangan non ishlatiladi. Bu Ukraina, Polsha, Litva oshxonalarining anʼanaviy taomlaridan biri boʻlib, bayramlar, ayniqsa Rojdestvo oldidan tayyorlanadi. Baʼzan bu borshning Odessa versiyasi deb hisoblashadi.
Quloqchali borsh uchun lavlagi va piyoz, qoʻziqorin va qalampirmunchoqdan bulyon tayyorlanadi, shoʻrvani toʻldirish uchun mayda toʻgʻralgan piyoz oʻsimlik yogʻida qovuriladi. Varenikchalar toʻgʻralgan qoʻziqorin va yashil maydanoz bilan xamirdan tugiladi va tuzli qaynagan suvda qaynatiladi. Quloqchali borsh toʻgʻralgan arpabodiyon va quloqchalar bilan yasatiladi. Polshada quloqchalarni alohida tortishadi.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org