Quloq Og`irligi




Quloq ogʻirligi — eshitish qobiliyatining pasayishi. Bolalarda koʻ-pincha oʻtkir yoki surunkali otit, burun va burun-yutqin kasalliklari (koʻpincha adenoid) oqibatida yuzaga keladi. Eshituv nervi va ichki quloqdagi patologik jarayonlar koʻpincha Quloq ogʻirligiga sabab boʻladi. Baʼzan tugʻma va bolalikdagi Quloq ogʻirligi sababli bola nutqi buzilishi mumkin. Kattalarda otoskleroz, ichki quloqda qon aylanishining buzilishi, eshituv nervining yoshga qarab oʻzgarishi (keksalik Quloq ogʻirligi), shuningdek, uzoq vaqt kuchli shovqin taʼsiri va surunkali intoksikatsiya (al-kogol, nikotin, simob, qoʻrgʻoshin va boshqa taʼsiri) ham Quloq ogʻirligiga olib keladi. Quloq ogʻirligi yengil, oʻrtacha vaogʻir kechadi. Davosi: Quloq ogʻirligi ga sababchi omillar yoʻqotiladi, turli dori-darmonlar yoki operatsiya yoʻli bilan davolanadi. Koʻproq eshituv apparatlari qoʻllaniladi.



Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz