Qulmamedov Omon




Omon Qulmamedov (1908.31.12, Goʻktepa tumani — 1977.22.7) — turkman aktyori, rejissyor, turkman milliy professional teatr sanʼatining asoschilaridan. Xalq artisti (1949). Moskvadagi turkman drama studiyasida taʼlim olgan (1926—29), 1929-yildan Mullanapas nomidagi Turkman akademik drama teatrida aktyor, rejissyor. 1963-yillan lirektor va bosh rejissyor Otello (U.Shekspir, "Otello"), Mahtumquli va Chernishev (B.Kerboboyev, "Mahtumquli","Dadil qadam"), Ollon (G.Muxtorov, "Ollonning oilasi"), Shahar hokimi (N.Gogol, "Revizor") va boshqa rollari bilan turkman teatr sanʼatida oʻchmas iz qoldirdi. Rejissyor sifatida "Tohir va Zuhra", "Boy ila xizmatchi", "Xazinalar oroli" singari spektakllarni sahnalashtirgan.



uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz