Quldorlik jamiyati




Quldorlik jamiyati - insoniyat tarixida ibtidoiy jamiyat oʻrniga kelgan tuzim. Quldorlik jamiyatida — quldorlar va qullar bilan ayni paytda erkin dehqonlar, hunarmandlar va boshqa ijtimoiy guruhlar ham mavjud boʻlgan. Eng qad. quldorlik davlatlari (Misr, Shumer) miloddan avvalgi 4-ming yillik oxiri — miloddan avvalgi 3-ming yillik boshida vujudga kelgan. Quldorlik jamiyati Yunoniston (miloddan avvalgi 5—4asrlarda) va Qad. Rimda (miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2-asr) yuksak darajada rivojlangan. Davr oʻtishi bilan bu jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishiga toʻsiq boʻla boshlagan. Qullar qoʻzgʻolonlari quldorlikning yemirilishini tezlashtirgan.

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz