Quincy Promes
Quincy Anton Promes (talaffuzi: Kuinsi Anton Promes; 1992-yil 4-yanvarda Amsterdamda tugʻilgan) — gollandiyalik futbolchi, hujumkor yarim himoyachi va Moskvaning Spartak futbol klubi hujumchisi.
Xalqaro faoliyati
2014-yil 5-mart kuni Fransiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Promes 22 yoshida Gollandiya terma jamoasi safida debyut qilgan. 13-oktabr kuni Islandiya terma jamoasiga qarshi Yevropa chempionati-2016 saralash o‘yinida Quincy terma jamoadagi rasmiy debyutini o‘tkazgan. Quincyning Gollandiya terma jamoasidagi dastlabki oltita oʻyini jamoaning magʻlubiyati bilan yakunlangan. Bir qator muvaffaqiyatsiz oʻyinlar tufayli Gollandiya terma jamoasi sensatsion tarzda oʻz guruhida atigi 4-oʻrinni egallab, 2016-yilgi Yevropa chempionatiga chiqa olmagan. Faqat yettinchi oʻyinda Gollandiya Promes ishtirokidagi oʻrtoqlik uchrashuvida Uels termasini magʻlub etishga muvaffaq boʻlgan.
2016-yilning 7-oktabr kuni JCh-2018 saralashida Belarusga qarshi o‘yinda 15-uchrashuvida Promes dubl qayd etib, terma jamoadagi ilk gollarini kiritgan.
2018-yilning 19-noyabr kuni Millatlar ligasining oltinchi turida Germaniya terma jamoasiga qarshi o‘yinda 85-daqiqada Manuel Neuer darvozasiga birinchi golni urgan, bu gol bilan Quincy jamoasiga yordam bergan. 2019-yil 6-iyun kuni Millatlar ligasi yarim finalida Angliyaga qarshi o‘yinda Promes zaxiradan maydonga tushgan va qo‘shimcha vaqtda jamoasining uchinchi golini kiritgan. Millatlar ligasining Portugaliyaga qarshi final oʻyinida Promes ikkinchi boʻlimda Rayan Babel oʻrniga maydonga tushgan, bu bahsda Gollandiya Portugaliyaga yutqazgan.
2021-yil 26-may kuni Promes Gollandiya terma jamoasining 2020-yilgi Yevropa chempionati final bosqichida ishtirok etish uchun yakuniy tarkibiga kiritilgan. EURO-2020da u Shimoliy Makedoniya terma jamoasiga va Chexiya terma jamoasiga qarshi ikkita oʻyin oʻtkazgan. Bu oʻyinlarda u zaxiradan maydonga tushgan. Chexiyaga qarshi oʻyin Promes uchun Niderlandiya terma jamoasidagi 50-oʻyin boʻlgan.
Statistika
2022-yil 27-noyabr holatida[10]
Manbalar
Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found
uz.wikipedia.org