Qudrat Ahmedov




Qudratilla Axmedovich Axmedov  — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi. Shoir va yozuvchi Gʻafur Gʻulomning oʻgʻli.

Tarjimai holi



1930-yilda tugʻilgan. Millati oʻzbek. 1952-yildan KPSS aʼzosi.

1952-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini (TDIU) tugatgandan soʻng TDIUning qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi aspiranti, assistenti. 1961-yildan raykom birinchi kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi viloyat qoʻmitasi kotibi, KPSS MK Oʻrta Osiyo byurosi inspektori. 1965—1971-yillarda Sirdaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi rais oʻrinbosari, raisi. 1971-yildan Oʻzbekiston Kompartiyasi Sirdaryo viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi. 1974-yildan Vazirlar Soveti Raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR Davlat plan qoʻmitasi raisi kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Qoraqalpogʻiston ASSR 636-son Toʻrtkoʻl saylov okrugidan 9-chaqiriq SSSR Oliy Soveti Ittifoq Kengashi deputati (1974—1979), Ittifoq Sovetining Plan-byudjet komissiyasi aʼzosi. Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 10-chaqiriq deputati. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi.

Oilasi



Xotini — Olmos Gʻofurovna Ahmedova (Gulomova) (1938-yil 4-iyulda tugʻilgan), rassom, muzey direktori. Otasi Gʻafur Gʻulom. Uch nafar farzandi bor. Durbek Qudrattilaevich Ahmedov — iqtisod fanlari doktori, Joʻrabek Qudratillaevich Ahmedov — irrigatsiya muhandisi, Gavharshodbegim Qudratillaevna Rustamova (Ahmedova) — tarix fanlari nomzodi, siyosatshunos.

Asarlari




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz