Quddus sharif masjidi
Quddus sharif masjidi — Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan masjid hisoblanadi. Quddus sharif masjidi Sergeli tumanidagi eng katta masjid hisoblanadi. Masjid qurilishi 1992-yilda xalq hashari yo'li bilan boshlangan. 1994-yildan masjid o'z faoliyatini boshlagan. O'zbekiston musulmonlari idorasi tavsiyasiga binoan masjidga “Quddus Sharif” nomi berilgan. 2010-yilda masjid to'liq ta'mirdan chiqarilib, fayzli ibodat uylaridan biriga aylantirildi.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org