Qudachilik




Qudachilik — yigit va qizni unashtirish marosimidan keyin har ikkala oila aʼzolarining qarindoshlik jihati. Qarindoshlik aloqalari nikoh toʻyidan keyin yanada mustahkamlanadi. qudalar bir-birlari bilan yaqindan tanishish uchun navbatma-navbat "quda chaqiriq" marosimini oʻtkazadilar. Bunday oʻzaro muloqotlar 2 oilani, ularning farzandlari tufayli yuzaga kelgan qarindoshchilikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bir-birlarini yanada chuqudroq oʻrganishlariga yordam beradi.

Oʻzbek xalqida "qudachilik ming yilchilik" degan maqol bor. Qudalar oʻzaro munosabatlariga oʻta ehtiyotkorlik bilan yondoshadilar. Har 2 oila aʼzolari doimo bir-birlarining holidan xabar olib turishi, quda taraf toʻy-maʼra-kalarida faol ishtirok etishi zarur. q. munosabatlarining kelajakda qanday tus olishi kelin-kuyovning tarbiyasi, odob-axloqi va maʼnaviyatiga ham bogʻliq.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz