Quchoqlash kuni




Quchoqlash kuni  — 21-yanvar, 4-dekabr va boshqa kunlarda nishonlanadigan bayram. Shu kuni, bayram anʼanalariga koʻra, hatto begona odamlarni ham doʻstona quchoqlash mumkin. Bayram sanalarida quchoqlashish boʻyicha turli flesh-moblar ham oʻtkaziladi

Yanvar oyidagi Quchoqlash kuni AQShda 1986- yilda Milliy quchoqlash kuni nomi bilan joriy qilingan (inglizcha: National Hugging Day) va keyin butun dunyoga tarqalgan.

Xalqaro miqyosda nishonlanadigan dekabr oyidagi Quchoqlash kuni. (inglizcha: International Hug Day) XX asrning 70-yillarida Gʻarbiy Evropadagi talaba yoshlar orasida paydo boʻlgan. Biroq, bayramning paydo boʻlishiga doir sabablar aniq maʼlum emas.

Yaponiyada 9-avgust kuni norasmiy ravishda ハグの日, yaʼni quchoqlsh kuni nishonlanadi. sakkizinchi oyning toʻqqizinchi kuni bayram sanasi soʻz oʻyini natijasida tanlangan: anglicismハグ(hagu) dagi ikki boʻgʻin raqamlarni ham anglatishi mumkin. „Ha“ boʻgʻini yaponchada „sakkiz“, „ku“ esa „toʻqqiz“ degan maʼnoni anglatadi.

Oʻziga xos „inonch“ga koʻra, doʻstona quchoqlashish paytida odamlar ruhiy iliqlikni almashadilar. Quchoqlashning foydali ekaniga doir „ilmiy“ asoslar ham mavjud: doʻstona teginish immunitetni oshiradi, markaziy asab tizimi faoliyatini yaxshilaydi, qon tarkibida gemoglobin miqdorini, shuningdek, boshqa insonlarga nisbatan ijobiy munosabatni keltirib chiqaradigan oksitotsin gormonini oshiradi.

Manbalar




Yana qarang



 

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz