Qrönobl
Grenoble Fransiyaning Rhône-Alpes mintaqasida joylashgan kommunadir. Isère departamenti Grenoble tumani tarkibiga kiradi.
Izer departamentining maʼmuriy markazi. Shim. Alp togʻlarida, Izer va Drak daryolari qoʻshilgan joyda. Aholisi 156 ming kishidan ziyod (1999). Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik, sement, qogʻoz, oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari bor. Shahar yaqinida yirik GES qurilgan. G. da universitet (1339), yadro fizikasi tadqiqot instituti, badiiy muzey bor. G. alpinizm va sportning kishki turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazib turiladigan markaz. 1968-yilda qishki Olimpiada sport oʻyinlari oʻtkazilgan. 11 — 17-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.
Aholisi
155 632 nafar aholi istiqomat qiladi (1999). Aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 8470,6 nafar kishi.
Geografiyasi
Maydoni — 18,1 km. Dengiz sathidan 204 – 600 m balandlikda joylashgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org