Qrimning Janubiy Sohili
Qrimning janubiy sohili — Qrim yarim orolning gʻarbda Ayya burnidan sharqda Qoradogʻ massivigacha choʻzilgan Qora dengiz sohilining bir qismi. Uz. 150 km chamasida, eni 2 –8 km. Gilli slanets va ohaktoshlardan tashkil topgan pasttekisliklar shimolida Yayla chiqigʻi bilan chegaradosh. Qrimning janubiy sohilis. — Qrim sohilining eng issiq qismi. Iqlimi Oʻrta dengiz iqlimi. Iyul va avgustning oʻrtacha temperaturasi 24°, yanvarniki 4°. Yiliga 600 mm yogʻin tushadi. Qrimning janubiy sohilis.da Oʻrta dengiz boʻyiga xos oʻsimlik turlari bilan birga kserofit oʻsimliklar ham tarqalgan, togʻ yon bagʻirlarining yuqori qismida keng bargli oʻrmonlar (qoraqayin va dub), baʼzi joylarda Qrim qaragʻayzorlari bor. Bogʻ va parklar koʻp. Qrimning janubiy sohilis.da Alushta, Alupka, Simeiz, Gurzuf, Artek, Misxor, Koreiz, Foros, Melas va boshqa kurortlar, sanatoriy, dam olish uylari, pansionatlar faoliyat koʻrsatadi.
uz.wikipedia.org