Qrim Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi





Qrim Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (qrim tatarcha: Qrьm Avtonomjalь Sovet Sotsialist Respuвlikasь; Кърым Автономиялы Совет Социалист Республикасы) — Qrim yarimoroli hududida joylashgan, 1921-yil 18-oktyabrdan 1991-yil 12 fevralgacha mavjud boʻlgan avtonom respublika. Qrim ASSR 1921-yil 18-oktyabrda RSFSR tarkibida tashkil topgan. Keyinroq esa 1936-yilgi SSSR va RSFSR hamda 1937-yilgi Qrim ASSR konstitutsiyalariga koʻra Qrim Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi, deya oʻzgartirilgan.

Respublika aholisi tarkibining asosini ruslar, qrim-tatarlar, ukrainlar tashkil qiladi. Olmonlar, yahudiylar, yunonlar, armanlar kabi xalqlar soni esa sezilarli darajada boʻlgan. 1932-yilda maydoni 25,9 ming kvadrat metrni tashkil etgan. Kichik Sovet Ensiklopediyasida Qrim tatarlari va qaraimlari Qrim ASSRning tub xalqlari sifatida tasniflanishgan.

Ushbu avtonom respublika 1945-yilning 30-iyunida Qrim viloyatiga aylantirilgan. 1954-yil 26-aprelda esa Ukraina SSR tarkibiga oʻtkazilgan. 1991-yilning 12-fevral sanasida Ukraina SSR tarkibida avtonomiya sifatida qayta tiklangan (1991-yil 24-avgustdan mustaqil Ukraina davlati). 1992-yil 26-fevralda hududning rasmiy nomi Qrim Respublikasi deya 1994-yil 21-sentyabrda esa Qrim Avtonom Respublikasiga qayta oʻzgartirilgan.

Tarixi



Respublika ijroiya qoʻmitasi tarkibida 1921-yilning may—avgust oylarida Bolsheviklarning Butunittifoq kommunistik partiyasi markaziy komiteti, Butunrossiya markaziy ijroiya qoʻmitasi hamda RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining Qrim ishlari boʻyicha vakolatli komissiyasi tomonidan tayinlangan Shaymardon Ibragimov (rais), SSSR Sog'liqni saqlash xalq komissariatidan Pavel Dauge va Qishloq xoʻjaligi xalq komissarligidan Margarita Fofanova kabi shaxslar faoliyat yuritishgan. Ushbu komissiyaning maqsadi Qrim ASSR tashkil etilishidan oldin yarimorol va unda yashovchi aholining urushdan keyingi barcha muammolariga oydinlik kiritish boʻlgan.

RSFSR tarkibida



Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida SSSR milliy respublikalari markaziy hukumati va mahalliy aholi oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarni yumshatishga qaratilgan mahalliylashtirish gʻoyasi keng tarqalgan. Mahalliylashtirish milliy ozchiliklar vakillarini oʻqitish va rahbarlik lavozimlariga koʻtarish, milliy-hududiy muxtoriyatlarni yaratish, ish faoliyatini yuritishda, taʼlim tizimida milliy ozchilikning tillarini joriy etishda va mahalliy ommaviy axborot vositalarida nashrlarni ragʻbatlantirishda namoyon boʻlgan.

Aholisi



1931-yilgi sarhisobga koʻra aholi soni 793,7 ming kishini (l, shu jumladan shahar aholisi kurort zonalari aholisi bilan birga) tashkil qilgan. 1926-yilda 714,1 ming kishi (shundan 330,5 ming shahar aholisi) boʻlgan. 1932-yilda Simferopol aholisi 90,125 kishini oʻz bagʻriga sigʻdirgan.

Aholi zichligi har 1 km² uchun 30,7 nafar kishi. Qishloq zonalarida esa bu koʻrsatgich 1 km² uchun 16,5 kishini tashkil etgan.

1939-yilda Qrim ASSR aholisi, aholini roʻyxatga olishning dastlabki natijalariga koʻra, 1 million 126 ming kishi tashkil etgan Shundan 49.6%i ruslar, 19.4%i qrim-tatarlar, 13.7% ukrainlar, 5.8% yahudiylar, 4.6% nemislar hisobiga toʻgʻri keladi.

Yana qarang




Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz