Qozoqmozortepa
Qozoqmozortepa - arxeologik yodgorlik. Toshkent shahrining Uchtepa tumani Lutfiy koʻchasida. Q. deb atalishi 18-asrda jungʻarlarning bosqini davrida qozoqlarning Oʻrta Osiyoga jadallik bilan kirib kelishi bilan bogʻliq. Q.dan hozir bal. 3 m. diametri 12 m li kichkina tepalik qolgan. Tepalikning gʻarbida oʻrta asrlarga oid qabriston joylashgan. Rejali arxeologik qazish oʻtkazilmagan. Chilonzorda qurilish ishlari ketayotganda Toshkent arxeologiya otryadi (V.A.Bulatova, D.I. Zilper, M.I.Filanovich) tomonidan kuzatuv ishlari olib borilib 2 ta shurf qazilgan va bittasi oʻrganilgan. 9—12-asrlarga oid sopol xum, lagan, qozon, koʻza, xurmachalar topilgan. topilmalar ichida ahamiyatlisi sopoldan ishlangan yirik idish va dasturxonlarga naqsh bosadigan shtampdir. arxeologik tadqiqotlarga qaraganda. qishloq 9—12-asrlarda gullab yashnagan. Rivoyatlarga qaraganda, Ulugʻbek davrida choʻponlar homiysi — Choʻpon ota koʻmilgan joyda maqbara qurilgan. Hozir ham bu joy ziyoratgohdir.
Adabiyot
uz.wikipedia.org