Qozoqlar




Qozoqlar (qozoqcha: қазақтар /qɑzɑqtɑr/; ед. қазақ /qɑzɑq/) — turk urugʻlari siyosiy birlashmalaridan biri(o‘zbek ulusi kabi), qozoq ulusi, Qozogʻiston Respublikasining asosiy aholisi. Turk tilining qipchoq lahjasida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar.

Qozoqlarning koʻpchiligi Qozog'iston hududida va Xitoy, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Rossiya va Gʻarbiy Mongoliya hududlarida istiqomat qilishadi.

Qozoqlarning etnogenezi turli koʻchmanchi qabilalarning uzoq muddat davomida aralashuvi sharoitida kechgan. Qozoqlarning qadimgi ajdodlariga saklar, usunlar va boshqalar kirgan. Milodning boshlarida Orol dengizidan gʻarbda qozoq etnogeneziga tasir etgan alanlar yashagan. VI—VII-asrlarda Dashti qipchoqning janubi-sharqida yashagan qabilalar Gʻarbiy Turk xoqonligi tarkibida boʻlgan. Bu davrda sharqdan turkashlar, telelar, qarluqlar va boshqa qabilalar kelib joylashgan. XII asr boshida hozirgi Qozogʻiston hududiga qoraxitoylar (kidanlar) bostirib kirgan, ular mahalliy turkiy aholi bilan aralashib ketgan. XIII asr boshida moʻgʻullar istilosi davrida Moʻgʻuliston va Oltoydan naymanlar, kereitlar va boshqa qabilalar kirib kelgan. Oltin Oʻrda parchalanishi bilan XV asr oʻrtasida, Oʻzbek xonligidagi oʻzaro nizolar natijasida bu qabilalarning katta qismi janubi-sharqqa, Moʻgʻuliston davlati tarkibiga kirgan. XVI asr boshida gʻarbga qaytib kelgan qozoq qabilalari Qozoq xonligiga birlashadi. Shu bilan qozoq elatining shakllanish jarayoni tugallangan. Qozoqlarning qabila-urugʻlari tarixan 3 guruhga boʻlinib, alohida hududlarda yashaganlar. Ular juzlar deb atalgan (Katta juz, Kichik juz, Oʻrta juz). Tarixda asosiy mashgʻuloti koʻchmanchi chorvachilik, janubdagi baʼzi vohalarda sugʻorma dehqonchilik boʻlgan.

Qozoqlar soni



Butun dunyo boʻyicha qozoqlar soni 20 million kishinini taskil qiladi.

Qozogʻistonda




Xitoylik qozoqlar



Xitoylik qozoqlar ona tilini yaxshi saqlab qolgan, Xitoyda 1,5 million qozoq yashaydi. Ular uchun qozoq tilidagi maktablar, radio eshittirishlar muntazam ravishda ishlab turibdi, lekin Xitoydagi qozoqlar Qozogʻistonga koʻchib kelish soni ortmoqda.

Oʻzbekistonlik qozoqlar



Oʻzbekistondagi qozoqlar uchun yaxshi sharoit yaratilgan, ular uchun Oʻzbekistonda 528 ta aralash va qozoq tiligagi maktablar faoliyat yuritmoqda. Qozoq milliy teatri ham ish yuritmoqda va toshkent viloyatida „Nurli jol“ nomli gazetasi ham chiqariladi. Oʻzbekistonda deyarli hamma qozoqlar davlat tilini yaxshi bilishadi. O'zbekistonda qozoqlar juda yuqori lavozimlarda ishlashadi. Masalan, Sunatulla Bekenov, Tursinxan Xudaybergenov O'zbekiston Prezidenti maʼmuriyatida ishlashadi.

Rossiyalik qozoqlar



Rossiyalik Qozoqlarning koʻpchiligi oʻz ona tilini bilishmaydilar, ular uchun Rossiyada faqatgina oz miqdorda qozoq sinflari mavjud.

Dini



Qozoqlarning deyarli hammasi islom dinining sunnat tarmogʻida.

Tili va yozuvi



Qozoqlar qozoq tilida gaplashadi. Ularning alifbosi krillcha. Hozirgi kunda lotin alifbosiga oʻtishni rejalashtirayaptilar.

Milliy oshxonasi



Qozoqlarning milliy taomi — et, qazi-qarta, qimiz va boshqalar.

Qozoq milliy oshxonasi keng koʻlamda goʻsht, sut-qatiq, xamir ovqatlardan iboratdir. Yozda qozoq oilalarida ayron, suv bilan aralashtirilgan qatiq sovuq holida ichiladi. Unga bugʻdoy, guruch solishadi. Ayron va qatiqdan qurut, suzma qilinadi. Qurut boʻgʻirsoqqa oʻxshab yumaloqlanadi va quyosh taftida quritiladi. Achchiq choy juda shifobaxshdir. Choyga sut yoki suzma qoʻshib qaynatiladi. Qimiz, ot suti boʻlib, u ham sogʻliq uchun foydalidir. Qozoq xalqining eng mashhur milliy taomi — beshbarmoqdir. Beshbarmoq, asosan, xamir, ot goʻshtidan tayyorlanadi. Katta kosa bilan shoʻrva tortiladi. Qozoq xalqi un mahsulotidan boʻgʻirsoq, qatlama, somsa va un bulgʻab qatlamali nonlar yopishadi.

Milliy sporti



Milliy sport turi — poyga, kurash, koʻkpar.

Urf odatlari



Urf odatlari keladigan boʻlsak, ular tarixda koʻchmanchi xalq boʻlganlar shuning uchun qozoqlarning milliy naqshlarida qoʻy, buqa va boshqa xayvonlarning muguzlari tasvirlangan boʻladi. Ularning milliy kiyimlari ham qashqir, tulki va boshqa xayvonlarning teridan tikilgan.

Taniqli qozoqlar




Adabiyotlar



Boshqa maqollar



Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz