Qozoqcha tadbirkorlik Afrikada
"Qozoqcha tadbirkorlik Afrikada" - toʻliq metrajli badiiy film, „Qozoq tadbirkorlik“ mediafranshizasining uchinchi filmi. 2018-yil „Kazteleproduct“ va „Pontact Productions“ kinostudiyalari chiqarilgan.
Mazmuni
Mehmonxonani qarindoshlari bilan birga boshqarib oʻtirgan Jomart kelini Oysulu bilan birga asal oyiga boradi. Albatta, u bilan birga yaqinlari ham hamrohlik qilishadi. Ular dam olib yurib, yangi daromad manbasini ochishning ham yangi gʻoyalarni oʻylashadi. Oʻsha yerda Keniya shahzodasi bilan tanishib, Afrikadan arzonga choy sotib olishga mumkinligini biladi. Yangi biznes manbasin topdim deb oʻylagan qahramonlar Nayrobiga yoʻl olishadi. Filmdagi qahramonlarning hayoti bir necha soat ichida oʻzgaradi. Ammo kutilmaganda ular sayyoradagi eng issiq nuqtada yovvoyi hayvonlar, choy biznesi va sevgi - hech kim bunday aralashmani kutmagan edi! Uyga uchish uchun Jomart, Yerkosh, Alen va Bagʻdaulet bir nechta sinovdan oʻtadi. Va hamma narsani tushunish uchun: oiladan muhimroq narsa yoʻq!
Rollarda
Yutuqlari
"Qozoqcha tadbirkorlik Afrikada" toʻliq zallarni toʻpladi. Bir hafta davomida filmni butun mamlakat boʻylab 280 ming tomoshabin tomosha qildi. Mashhur komediyaning uchinchi qismini suratga olish ishlari Dubay va Keniyada boʻlib oʻtdi. Kino qahramonlari haqiqiy Masai qabilasi bilan tanishib, choy biznesini ochishadi va Afrika madaniyatini oʻrganishdi. Qozogʻistonliklar uchinchi qismning chiqishini taxminan bir yildan beri kutishgan. Mashhur aktyorlar bilan suratga olishi, chiptalar uchun navbatlar va gavjum kino zallar boʻdi. "Qozoqcha tadbirkorlik Afrikada" filmi namoyish etilgan birinchi kundanoq tomoshabinlar orasida shov-shuvga sabab boʻldi. Ekzotik komediya tomosha qilish uchun butun oilalar kelishdi. Har bir inson sayyoradagi eng issiq nuqtada qanday omon qolishni va u yerda oʻz tadbirkorligini ochishni xohlaydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org