Qozoqboy Yo'ldoshev




Qozoqboy Yo'ldoshev



Qozoqboy Yo'ldoshev-adabiyotshunos olim,pedagogika fanlari doktori,professor va ta'lim fidoiysi.U mana nechi yildirki o'zbek tilining nufuzini oshirishga harakat qilmoqda.U hozirgi kungacha 35 ta kitob va 393 nomda ilmiy maqolalar muallifidir.

Hayoti va Faoliyati



Qozoqboy Yo'ldoshev,1949-yil 9-mayda Sirdaryo viloyatida tug'ulib,1956-1966 yillarda Boyovut tumanidagi 8-o'rta maktabda o'qigan.1966-1970-yillarda G'afur G'ulom nomidagi Sirdaryo Davlat Pedagogika institutining o'zbek filologiyasi fakultetini imtiyozli bitirgan.
1970-1977-yillarda Guliston tumanidagi 1- va 15- maktablarda til va adabiyot o'qituvchisi.1977-1979-yillarda 9-hunar texnika bilim yurtida o'quv bo'limi mudiri,direktor o'rinbosarlari bo'lib ishlagan.1980-1985-yillarda O'zkompartiya Guliston raykomida instruktor ,qishloq xo'jalik xodimlari kasaba uyushmasi Guliston raykomi raisi ,"Qizil tong" kolxozi parkomi kotibi lavozimlarida ishladi. 1986-1994-yillarda Guliston davat universtiteti o'qituvchisi,katta o'qituvchisi,dotsent,"Pedogogika va boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi mudiri,"O'zbek filologiyasi" fakulteti dekani lavozimlarida mehnat qildi.

1994-yildan 1998-yilgacha Qori Niyoziy nomidagi O'zbek pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bo'lim mudiri ,ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari bo'lib ishlagan.1998-yilning aprelidan 2000-yilning avgustigacha O'zbekiston Milliy universtiteti "O'zbek filologiyasi"fakulteti dekani bo'ldi.Shundan so'ng Qozoqboy Yo'ldoshev hozirga qadar "Matnshunoslik,milliy uyg'onish davri va hozirgi o'zbek adabiyoti"kafedrasi professori bo'lib ishlaydi.
1985-yilda 'O'zbek sovet satirik hikoyalarida xarakter tasviri evolg'iyasi" mavzusida filologiya fanlari nomzodi , 1997-yilda esa "Yangicha pedagogik tafakkur va umumta'lim maktablarida adabiyot o'qitishning ilmiy-metodik asoslari" mavzusida pedagogika fanlari doktori ilmiy darajalari uchun dissertatsiya yoqladi.2000-yilda professor ilmiy unvoniga sazovor bo'ldi.

Manbalar



1.https://kitobxon.com.

Havolalar



Qozoqboy Yo'ldoshev bilan intervyu↓
https://www.youtube.com/hashtag/qalampiruz

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz