Qozonliq daxmasi




Qozonliq daxmasi - Bolgariyadagi qad. meʼmoriy yodgorlik (miloddan avvalgi 4-asr oxiri — 3-asr boshi); Qozonliq shahri yaqinidagi qoʻrgʻon osti dafn inshooti. 1944-yilda yer ostidan topilgan. Inshoot gʻisht va toshdan qurilgan; daxma aylana tarhli, konus shaklidagi gumbazli va qisqa yoʻlakdan iborat. Yunon-frakiylar sanʼatining nodir namunasidir. Gumbaz osti aylana tarzida ishlangan devoriy rasmlar bilan qoplangan; unda maishiy (motam marosimlari) va harbiy (aravalar poygasi va boshqalar) lavhalar tasvirlangan. Ular naqshli hoshiya belbogʻ bilan 2 yarusga ajratilgan. Rasmlar vazmin va mutanosib kompozitsiyasi, harakatlarning tabiiyligi bilan ajralib turadi. sokin, ulugʻvor motam muhiti mayin hamda qatʼiy kolorit bilan uygʻun. Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz