Qozon sobori
Qozon sobori – Sankt-Peterburgdagi meʼmoriy yodgorlik (1801 — 11); klassitsizm uslubida qurilgan (meʼmori A.N.Voronixin). Yarim aylana shaklidagi bino Neva prospek-tiga qaragan. Markazida 6 ustunli pesh-toq, ulkan gumbazli, 2 yon tomonlari hajmdor ustunlar qatori bilan oʻralgan bino salobatli maydon hosil qilgan. Sobor Neva prospektidagi ansambllar tarkibiga kiradi. Bosh tarzi oldidagi kichik maydon choʻyan panjara bilan oʻralgan. Interyeri ulugʻvor ustunli zal — saroy yechimiga ega; bosh nefning uz. 69 m, umumiy balandligi 62 m. Haykaltaroshlik bezaklari I.P.Martos, I.P.Prokofyev, F.F.Shchedrin va boshqa tomonidan bajarilgan; devoriy rasmlar va ikonalarni yaratishda V.L.Borovikovskiy, A.Ye.Yegorov va boshqa qatnashgan. Binoga 1812-yil Vatan urushida qoʻlga kiritilgan harbiy oʻljalar (Yevropaning 17 shahar va 8 qalʼ-asi kalitlari, 105 ta bayroq va boshqalar) joylashtirilgan. 1813-yilda soborga M.I. Kutuzov dafn etilgan. 1837-yil sobor oldiga M.I. Kutuzov va M.B. Barklay de Tolli haykallari oʻrna-tilgan (bronza, granit; haykaltarosh B.I.Orlovskiy, meʼmor V.P.Stasov).
uz.wikipedia.org