Qozon
Qozon (tatarcha: Казан, Qazan) — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi shahar, Tatariston Respublikasining poytaxti, Volga daryosining soʻl qirgʻogʻidag yirik port shahar. Rossiyaning iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, madaniy markazlaridan biri. Volga daryosi chap sohilida. Yirik daryo porti. Qozon stansiyasi. Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aeroport bor. Aholisi 1105,3 ming kishi (2002). 5 maʼmuriy tumanga boʻlingan.
Qozonga 1-ming yillik oxirida Qozon daryosining oʻrta oqimida bulgʻorlar asos solgan. 1399-yilda Moskva knyazi Yuriy Dmitriyevich qoʻshinlari tomonidan Qozon vayron qilindi va 30 — 40 yildan soʻng qayta tiklandi. Keyinchalik shahar oʻrnida Kreml qurildi. 15-asrdan Oʻrta Volga boʻyining yirik iqtisodiy va savdo markazi, 1438-yildan Qozon xonligining poytaxti. 1552-yilda rus podshosi Ivan Grozniy qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. 1708-yil dan Qozon gubernyasi markazi. 19-asrda Qozonda sanoat korxonalari paydo boʻla boshladi. 1804-yilda universitet ochildi. q. 1920—90 yillarda Tatariston ASSR poytaxti.
Mashinasozlik (aviasozlik, motor-sozlik, „Teplokontrol“, vakuum texnikasi ishlab chiqarish birlashmalari; kompressor, elektron-hisoblash texnika mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqalar) va metallsozlik, kimyo va neft kimyosi („Kazan-orgsintez“, „Tasma“, kimyo-farmatsevtika korxonalari; sintetik kauchuk, uy-roʻzgʻor kimyosi mahsulotlari va boshqalar), yengil (moʻyna, koʻn-teri mahsulotlari va boshqalar), oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. 11 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet, konservatoriya), 6 teatr (opera va balet teatri va boshqalar), 8 muzey (Tatariston Respublikasi, tasviriy sanʼat, M.Gorkiy nomidagi muzeylar va boshqalar) bor. Shaharda meʼmoriy yodgorliklardan Kreml va yodgorliklar majmuasi (16—18-asrlar), shu jumladan, Suyumbeka minorasi (17— 18-asr boshlari), Petropavlovsk sobori (18-asr, hozirgi sobor binosi — planetariy), Marjoniy masjidi (18-asr), gubernator saroyi (19-asr), qozon universiteti majmuasi (19-asr, klassitsizm uslubida qurilgan) saqlangan. Qozonda shaharning bunyod etilganiga 1000-yil toʻlganligi munosabati bilan bir yoʻla 5 ming kishi namoz oʻqiydigan toʻrt minorali Qul Sharif jome masjidi oʻz oʻrnida qayta tiklandi. Yevropada eng katta boʻlgan bu masjid 1552-yil Ivan Grozniy Qozonni bosib olgan vaqtda butunlay buzib tashlangan edi.
Qozon Kremli YUNESKO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan (2000). 2005-yil Qozonning 1000-yilligi nishonlandi. Metropoliten ishga tushirildi.
Tarixi
Volga Bulg'oriyasi chegarasida qal’a sifatida qurilgan. XIII—XIV asrlarda Qozon Oltin Oʻrda tarkibidagi muhim savdo va siyosiy markaz boʻlgan. 1438-yildan boshla Qozon xonligining poytaxtiga aylangan.
Shahar nomining maʼnosi kelib chiqishi haqida turli xil fikrlar bor.
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Qozon – bu ovqat pishirish, suyuqliklarni isitish yoki bug‘ yordamida turli jarayonlarni bajarish uchun ishlatiladigan oshxona anjomidir. Qozonlarning tarixi juda qadimiy bo‘lib, ularning dastlabki shakllari miloddan avvalgi ming yilliklarda paydo bo‘lgan.
Qozonlar turli materiallardan tayyorlanadi: temir, po‘lat, alyuminiy, mis, keramika va hozirgi kunda teflon qoplamali qozonlar juda ommabop. Material tanlovi qozonning pishirishda samaradorligi, chidamliligi va parvarishlanishiga ta'sir qiladi.
Qozonning shakli va hajmi turlicha bo‘lishi mumkin – kichikroq qozonlar sho‘rva va kichik miqdordagi ovqat pishirish uchun, kattaroq qozonlar esa ko‘p miqdorda ovqat tayyorlash uchun qulaydir. Qozonlar qopqoq bilan birga keladi, bu ularning ichidagi harorat va namlikni ushlab turishga yordam beradi, natijada ovqatning mazasi va sifatini yaxshilaydi.
Yangi texnologiyalar yordamida bug‘ pishirish uchun maxsus qozonlar – “bug‘ qozonlari” ham mavjud, ular sog‘lom ovqat tayyorlashga imkon beradi. Shuningdek, zamonaviy qozonlar elektr yoki induksiya pechlarida ishlatilishi uchun moslangan.
Qozon nafaqat oshxonada, balki sanoatda ham qo‘llaniladi – masalan, kimyo sanoatida kimyoviy moddalarning reaksiyalari uchun ishlatiladigan maxsus qozonlar (reaktorlar) mavjud.
Umuman olganda, qozon inson hayotida ovqat pishirish va boshqa ko‘plab maqsadlarda asosiy anjom hisoblanadi va uning sifatli bo‘lishi tayyorlangan ovqatning ta’mini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi.