Qozogʻistonning etnik demografiyasi




Qozogʻiston koʻp millatli mamlakat boʻlib, u yerda mahalliy etnik guruh boʻlgan qozoqlar aholining asosiy qismini tashkil qiladi. 2021-yil holatiga koʻra, etnik qozoqlar aholining qariyb 70 foizini va Qozogʻistondagi etnik ruslar 16 foizga yaqinni tashkil qildi. Bular mamlakatdagi ikki dominant etnik guruh boʻlib, boshqa koʻplab guruhlar vakillari, jumladan ukrainlar, oʻzbeklar, nemislar, tatarlar, chechenlar, ingushlar, uygʻurlar, koreyslar va mesxetin turklari Qozogʻistonda aholining maʼlum foizinigina tashkil etadi.

Tarixi




Qozogʻistonning hukmron etnik guruhi qozoqlarning kelib chiqishi XV asrdan, Oltin Oʻrda parchalanganidan soʻng bir qancha turkiy va turk-moʻgʻul qabilalari qozoq xonligini barpo etish uchun birlashgan paytdan boshlanadi. Yaxlit madaniyat va milliy oʻziga xoslik bilan ular Rossiya mustamlakasigacha yer yuzida mutlaq koʻpchilikni tashkil qildilar.Rossiyaning Qozogʻiston hududiga yurishi 18-asrning oxirida, qozoqlar gʻarbiy moʻgʻul qalmoqlarining takroriy hujumlaridan himoya qilish evaziga Rossiya hukmronligini nominal ravishda qabul qilgandan soʻng boshlandi. 1890-yillarda rus dehqonlari Shimoliy Qozogʻistonning unumdor yerlariga joylasha boshladilar, natijada koʻplab qozoqlar yangi yaylovlar izlab sharqqa qarab Xitoy hududiga koʻchib oʻtishdi.

XX asrdagi keskin oʻzgarishlar



Qozogʻistonning etnik tarkibini sezilarli darajada shakllantirgan katta omil 1920- va 1930-yillardagi yirik ocharchilik edi. Turli maʼlumotlarga koʻra, 1930-yillarda qozoqlarning 40 foizi ochlikdan oʻlgan yoki mamlakat hududini tark etgan. Rasmiy hukumat roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, qozoq aholisi 1926-yildagi 3,6 milliondan 1939-yilda 2,3 millionga qisqargan.

XX asr oʻrtalariga kelib Qozogʻistonda Rossiya taʼsiri ostida boʻlgan deyarli barcha etnik guruhlar qismlari yashamoqda. Bu xilma-xil demografiya mamlakatning markaziy joylashuvi va Rossiya tomonidan uning boshqa chegaralaridan mustamlakachilar, dissidentlar hamda ozchilik guruhlarini yuborish uchun joy sifatida tarixiy foydalanishidan kelib chiqqan. 1930-yillardan 1950-yillargacha Rossiya muxolifati (va muxolifat tarkibida „ayblangan“ ruslar) ham, ayrim ozchiliklar ham (ayniqsa, Volga nemislari, polyaklar, ukrainlar, qrim-tatarlar va qalmoqlar) oʻzining madaniy merosi yoki eʼtiqodlari tufayli, asosan Iosif Stalinning jamoaviy buyrugʻi bilan mehnat lagerlarida qamoqqa olingan. Bu Qozogʻistonni german, hind-eron, koreys, chechen va turkiy guruhlar bir-biridan farq qiladigan yer yuzidagi kam sonli joylardan biriga aylantiradi. 

Sovet Ittifoqi qulaganidan soʻng, Qozogʻistonning nemis aholisi (Kasachstandeutsche) 1990-yillarda ommaviy ravishda koʻchib ketishni boshladilar, chunki Germaniya bu Spätaussiedler deb ataluvchi millatini oʻziga qaytarishga tayyor edi va koʻplab ruslar ham Rossiyaga qaytib ketishdi. Shuningdek, yunonlarning koʻpchiligi Gretsiyaga qaytish imkoniyatidan foydalanishdi.  Baʼzi guruhlarning emigratsiya uchun yaxshi imkoniyatlari kamroq edi, ammo iqtisodiy vaziyat tufayli ularning ham ketishlariga toʻgʻri kelgan. 

Qozogʻistonning tarixiy etnik tarkibi jadvali



Jadval:

Roʻyxat




1999-yil aholini roʻyxatga olish



Jadval: Qozogʻistonning etnik tarkibi (batafsil aholini roʻyxatga olish maʼlumotlari) .

Jami slavyan/yevropa aholisi 2009-yilda 27,0 % (1959-yilda 60,3 %, 1970-yilda 57,3 %, 1979-yilda 54,5 %, 1989-yilda 49,8 % va 1999-yilda 39,0 % bilan solishtirganda) ni tashkil etgan.

Demografik maʼlumotlar



Muhim statistika



Yuqorida aytib oʻtilganidek, slavyan guruhlari 1960-yillardan beri tugʻilishning pastligi va oʻlimning yuqori darajasi tufayli kamayib bormoqda. Nemislar juda yuqori tugʻilish koʻrsatkichlari bilan ajralib turadi, lekin bu asosan qishloq aholisining yuqori ulushi va ular orasida Mennonitlar va Evangelist lyuteranlar kabi konservativ diniy guruhlarning mavjudligi bilan bogʻliqdir. 

Jadval: Qozogʻistondagi turli etnik guruhlarning demografik xususiyatlari

Millatlararo nikohlar



Qozogʻistondagi millatlararo nikohlarning aksariyati turli slavyan yoki german guruhlari (rus — ukrain, nemis — ukrain, rus — polyak yoki nemis — rus) oʻrtasida boʻlgan. Turkiy va yevropalik etnik guruhlar oʻrtasidagi nikohlar koʻpayib bormoqda, ammo baribir juda kamchilikni tashkil etadi.

Jadval: Oʻz etnik guruhidan tashqari turmush qurgan shaxslar soni

Aholining mexanik harakati



Slavyan va german guruhlari 1960-yillardan boshlab ommaviy ravishda Qozogʻistondan ketmoqdalar va ushbu harakat Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin 1990-yillarda tezlashdi. Bu aholida yevropalik etnik guruhlar salmogʻining yarmidan koʻproq qisqarishiga olib keldi. 1989-yildan beri Yevropa sovet etniklarining 50 foizdan ortigʻi Qozogʻistonni tark etgan va 1989-yilgacha boʻlgan etnik nemis aholisining atigi 15 foiz qismi hozirda mamlakatda qolgan.

Qozogʻistondan immigratsiyaning katta qismi Rossiyaga yoʻnaltirilgan, ammo oz sonlilari Ukraina, Belorussiya va Armanistonga ham koʻchib kelgan. Nemis hukumati etnik nemislar va ularning nemis boʻlmagan qarindoshlarini vataniga qaytarishni toʻxtatgunga qadar, Germaniya barcha etnik guruhlar uchun eng maqbul manzillardan biri edi. Hozirda Germaniyada istiqomat qilayotgan 4,5 million sovet nemislarining yarmiga yaqini va ularning slavyan qarindoshlari asli qozogʻistonlik ekani taxmin qilinmoqda. Hozirda Qozogʻistondan oʻrtacha 2000 ga yaqin etnik nemislar Rossiyaning Omsk viloyatidagi Azovskiy Nemetskiy milliy okrugi (Deutsche Nationalkreis Asowo) va Oltoy oʻlkasidagi Nemetskiy milliy okrugi (Nationalkreis Halbstadt) kabi etnik nemislar hukmron boʻlgan hududlarga koʻchib ketishmoqda. Shuningdek, Isroilda yashovchi 1,2 million rusiyzabon yahudiy va slavyanlarning muhim qismining kelib chiqishi Qozogʻistonga borib taqaladi.

Boshqa tomondan, etnik qozoqlar va oʻzbeklar SSSR parchalanganidan beri Qozogʻistonga koʻp miqdorda koʻchib kelgan. Bu muhojirlar nafaqat Markaziy Osiyoning Oʻzbekiston va Tojikiston kabi janubiy davlatlaridan, balki Shinjon va Moʻgʻulistondagi qozoqlar hukmron boʻlgan hududlardan ham keladi. Qozogʻiston hukumati slavyanlar hukmron boʻlgan Shimoliy va Sharqiy Qozogʻiston, shuningdek, nemislar hukmron boʻlgan Qaragʻandi viloyatiga bu vatandoshlarni (Qandosh nomi bilan mashhur) joylashtirishni faol ragʻbatlantirmoqda. Oʻzbekiston va Turkmaniston kabi bagʻrikengligi kam qoʻshni xalqlardan Qozogʻistonga etnik slavyanlarning past intensivlikdagi immigratsiyasi ham mavjud. Soʻnggi yillarda Qozogʻistonga 400 000 yaqin oʻzbek koʻchib kelgan.

Jadval: Qozogʻistondagi immigratsiya haqidagi maʼlumotlar

Din



2009-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Markaziy Osiyodagi deyarli barcha turkiylar musulmonlar va slavyanlar pravoslavlardir (ruslarning 1 % dan koʻprogʻi musulmonlar), koreyslar esa xristianlik, buddizm, ateizm va islom kabi turli dinlar orasida aralashib ketgan:

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz