Qozogʻistonlik oʻzbeklar




Qozogʻistonlik oʻzbeklar  — Qozogʻistondagi millatlar ichida soni boʻyicha uchinchi oʻrinni egallaydi. 2009-yilgi sanoq boʻyicha oʻzbeklar Qozogʻiston aholisining 2,8 %-ini tashkil qildi (457 200 kishi). Qozogʻistonlik oʻzbeklar asosan qishloq xoʻjaligi, kichik va oʻrta biznes bilan shugʻullanadi, shuningdek Qozogʻistonlik oʻzbeklar kirill alifbosidan foydalanadi. Biroq so'ngi yillarda Oʻzbekistondan ko'p oʻzbeklar ko'chib kelayapti va asta sekin lotin alifbosi bilan foydalanadigan odamlarning soni ko'payib borayapti.

Joylashuvi



2012-yilgi statistika boʻyicha Qozogʻistonda oʻzbeklar soni 494 ming kishini tashkil qilgan. Soʻnggi oʻn yili ichida oʻzbeklar tezlik bilan koʻpaygan (1,2 % 1990-yilda, 2,3 % 2000-yilda). Yoshi jihatidan oʻzbeklar qozoqlarga qaraganda ancha yosh.

Dinamikasi




Madaniyat



Qozogʻistonlik oʻzbeklarning asosiy qismi (87,9 %) Janubiy Qozogʻiston viloyatida istiqomat qilishadi. Janubiy Qozogʻiston viloyati boʻyicha oʻzbek madaniyat markazining 11 filiali faoliyat yuritadi. Viloyat miqyosida yiliga „Til, urf-odat va madaniyat kunlari“ bayramini, „Ofarin“, „Lapar“ konkurslari, „Askiya“ kulgu festivali oʻtkaziladi. Viloyat aholisi „Umid“, „Nur“, „Parvoz“, „Gʻuncha“, „Sayram“, „Nulifar“, „Koʻngil“, „Yulduzcha“, „Sadaf“ shekilli ansambllarni yaxshi bilishadi. Viloyat oʻzbek drama teatri faoliyat yuritadi.
Viloyatda toza oʻzbek tilida bilim beruvchi 64, aralash 78 maktab faoliyat yuritadi.
Viloyat markazida oʻzbek tilida 10 ta gazeta-jurnallar chiqariladi. Bundan boʻlak viloyat „Qazaqstan-Shimkent“, „Otirar“, tuman „Sayram“ telekanallarida oʻzbek tilida yangiliklar va dasturlar efirga uzatiladi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz