Qozog‘istondagi avtobus halokati (2018)




2018-yilning 18-yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be shahri Yrg‘iz tumanida Samara — Chimkent yo‘lida harakatlanib kelayotgan avtobus yonib ketadi. Yong‘in oqibatida 52 yo‘lovchi halok bo‘ladi, besh kishi, shu jumladan haydovchilar qochib qolishga muvaffaq boʻlishadi.

Voqealar rivoji



Yongʻin ertalab soat 10:30 (UTC+5:00) atrofida oʻzbekistonlik mehnat muhojirlarini Rossiyaning Qozon shahriga olib ketayotgan paytda sodir boʻlgan. Halok bo‘lganlarning barchasi o‘zbeklar boʻlishgan. Omon qolganlar baʼzi o‘zbekistonlik yo‘lovchilar va qozog‘istonlik haydovchilar bo‘lishgan. Maʼlumotlarga ko‘ra, yon eshik to‘sib qo‘yilgan va bu avtomobildan chiqishga to‘sqinlik qilgan.

O‘zbekiston hukumati voqea joyiga Tashqi ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini jo‘natadi. Marhumlarning jasadlarini shaxsini aniqlash uchun foydalanilgan DNK testi bilan vataniga olib kelishlarini maʼlum qilishadi.

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik telegrammasi yoʻllaydi. Shuningdek, Tojikiston, Gruziya, Ozarbayjon, Belarus va Turkmaniston prezidentlari hamda Iordaniya qiroli Abdulla II ham hamdardlik bildirishadi.

Tekshiruvlar



Yong‘in sodir bo‘lgan kuni Qozog‘iston Investitsiyalar va taraqqiyot vazirligi avtobus 29 yoshli Setra S216 HDS bo‘lganini, texnik xavfsizlik sertifikati muddati o‘tgan va yo‘lovchilarni tashish uchun litsenziyasi yo‘qligini maʼlum qiladi, biroq uning sababini izohlashdan bosh tortadi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi elektr nosozligi dastlabki nazariya sifatida ko‘rib chiqilayotganini taʼkidlab oʻtadi.

Qozog‘iston hamda O‘zbekiston hukumatlari voqea yuzasidan tergov boshlashadi. Mirziyoev tomonidan Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida yoʻl harakati qoidalari buzilishi holatlariga alohida eʼtibor qaratiladigan maxsus komissiya tuziladi. Qozog‘iston hukumati tomonidan maxsus jinoiy tergov ochiladi.

19-yanvar kuni tergovchilar omon qolganlarning ko‘rsatmalariga asoslanib bayonot beradilar. Unda aytilishicha, isitish moslamasi sifatida foydalanilgan ochiq olovli pech alanga olinishining ehtimoliy manbasi hisoblangan. Chunki avtobusning o‘zida isitgich mavjud boʻlmagan. Avtobus uzoq va olis yo‘lda yonilg‘i quyish shoxobchalari yo‘qligi sababli benzin konteynerlarini olib ketayotgan bo‘lgan, xabarlarga ko‘ra, ulardan biri ochiq alanga yaqinida qulab tushgan va natijada yong‘in sodir bo‘lgan

Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 19-yanvar kuni eʼlon qilgan jabrlanganlarning dastlabki roʻyxatida 29 nafar halok boʻlganlar, shuningdek, tirik qolgan ikki oʻzbekistonliklar, ularning barchasi Namangan viloyatidan boʻlgan erkaklar roʻyxati keltirilgan.

25-yanvar kuni haydovchilar Qozog‘iston ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olinishadi.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz