Qozogʻiston viloyatlari
Qozogʻiston maʼmuriy-hududiy boʻlinishi jihatidan 17 ta viloyat (qozoqcha: облыс, ruscha: область) va 3 ta respublika ahamiyatiga ega shahardan iborat. Viloyatlar oʻz navbatida tumanlarga (qozoqcha: аудан, ruscha: район) boʻlinadi.
2022-yil 16-martda Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev uchta yangi viloyat tashkil etilishini maʼlum qildi. Maʼmuriy markazi Semey shahri boʻlgan Abay viloyati Sharqiy Qozogʻiston viloyatidan, maʼmuriy markazi Jezqazgʻan shahri boʻlgan Ulitau viloyati Qaragʻanda viloyatidan, maʼmuriy markazi Toldiqoʻrgʻon shahri boʻlgan Yettisuv viloyati Olmaota viloyatidan ajratib olingan. Olmaota viloyati markazi Toldiqoʻrgʻondan Qoʻnayev shahriga koʻchirildi.
Viloyatlar
Manbalar
uz.wikipedia.org