Qozog'iston tarixi
Hozirgi Qozogʻiston hududida miloddan avvalgi 4–3-ming yilliklarda (eneolit davri) yaylov chorvachiligi paydo boʻldi. Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida hind-eron xalqlariga mansub sak, massaget va skif dasht qabilalari yaylov chorvachiligi bilan shugʻullana boshladi. Bu qabilalar, asosan, koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullangan, hunarmandchilik va qisman dehqonchilik ham qilgan. Miloddan avvalgi 329-yilda Iskandar Maqduniy va uning qoʻshini hozirgi Qozogʻistonning janubiy chegarasi boʻylab, hozirda Sirdaryo deb nomlanadigan Yaksart daryosi boʻyida skiflarga qarshi Yaksart jangini olib borgani yunon manbalarida saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 3–1-asrarda hozirgi Qozogʻiston hududida Qangʻ davlati vujudga keldi. Milodiy 6-asr oʻrtalarida Turk xoqonligi, 8-asr boshlarida Ili va Chu daryolari oraligʻidagi hudullarda turgashlar, 766-yil Qarluqlar davlati tashkil topdi.
10-asrning 1-yarmida Yettisuvga sharqiy Turkistondan yagʻmolar bostirib kirdi. Ularning hujumi natijasida Qarluq xoqonligi parchalanib, uning oʻrnida Qoraxoniylar davlati paydo boʻldi. 1219–21 yillarda moʻgʻullar tomonidan bosib olinib, Chingizxon oʻgʻillari oʻrtasida taqsimlandi. Moʻgʻullar hukmronligi davrida Qozogʻiston Oltin Oʻrda tarkibida, u parchalangach, Oq Oʻrda va Moʻgʻuliston tarkibida boʻlgan. Amir Temur 1391-yil Toʻxtamishga qarshi yurishi chogʻida Qozogʻistondagi Ulugʻtogʻ (Ulutov)da qarorgoh qurgan va toshtaroshlarga safari haqida xarsang toshga bitik bitishga farmon bergan. Oradan 200 yil oʻtgach, Abdullaxon II ham Dashti Qipchoqqa yurishidan yodgorlik sifatida Ulugʻtogʻda masjid qurdirgan.
IV-III ming yilliklarda metall ishlab chiqarish, misdan asboblar yasash va quyma qoliplardan foydalanish boshlangan. Miloddan avvalgi II ming yillikda Markaziy Qozogʻistonda ruda qazib olish rivojlangan.
Rossiya imperiyasi (1731-1917)
Rossiyaning taʼsiri kuchayib borayotganligidan xavfsiragan Qoʻqon xoni Xudoyorxon 1860-yilning kuzida ruslarning Verniy istehkomini bosib olish uchun 20 ming askar yubordi. Oʻsha yilning oktabrda rus qoʻshinlari qozoq otryadlarining yordamida Uzunogʻoch darasida Qoʻqon xoni askarlarini magʻlubiyatga uchratdi. Natijada Yettisuvning barcha qismi Rossiyaga qoʻshib olindi. 19-asrning 60-yillarida qozoq yerlarining Rossiyaga qoʻshib olinishi tugallandi. Podsho hukumati oʻlkada maʼmuriy islohotlar oʻtkazdi. 1867-yil turkiston general-gubernatorligi tarkibida Yettisuv va Sirdaryo viloyatlari, 1868-yil Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Ural va Toʻrgʻay viloyatlari, Gʻarbiy Sibir (keyinchalik Dasht) general-gubernatorligi" tarkibida Akmolinsk va Semipalatinsk viloyatlari tashkil etildi.
Birinchi jahon urushi yillari (1914—1918)da qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va chorva mollarini ommaviy ravishda tortib olish, soliqlarning koʻpayishi, qimmatchilik, qozoq aholisining mardikorlikka safarbar qilinishi (1916) aholi orasida gʻalayonlarning avj olishiga sabab boʻldi. 1916-yilga kelib gʻalayonlar Qozogʻistonning butun hududini qamrab olgan milliy ozodlik harakatiga aylandi. Ayniqsa, bu harakat Toʻrgʻay viloyatida uzoq davom etib, unga xalq qahramoni Omongeldi Imonov rahbarlik qildi. 1917-yil noyabr – 1918-yil fevralda Qozogʻistonda sovet hokimiyati oʻrnatildi.rmaniyaga qarshi urush harakatlarining bir qismi sifatida 1916 yil iyul oyida podshoh buyrugʻi bilan Rossiya imperatorlik armiyasiga chaqirilishga qarshi bosmachilar harakatida qatnashdilar.
Alash va Turkiston
1920-yil 26-avgustda RSFSR tarkibida Qirgʻiziston (Qozogʻiston) ASSR tuzildi. 1920-yil 4–12-oktabrda Orenburgda boʻlib oʻtgan Qozogʻiston Sovetlarining taʼsis sʼyezdi RSFSR tarkibida Qozogʻiston ASSR tuzilganligini eʼlon qildi. 1936-yil Qozogʻiston ASSR SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikaga aylantirildi. 1990-yil 25-oktabrda davlat suvereniteti toʻgʻrisida deklaratsiya qabul qilindi. 1990-yil 10-dekabrda Respublikasi deb nomlandi. 1991-yil 16-dekabrda respublika Oliy Kengashi davlat mustaqilligi toʻgʻrisida qonun qabul qildi. 1991-yil 21-oktabrda MDH tarkibiga kirdi. Qozogʻiston – 1992-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 23-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 16-dekabr – Mustaqillik kuni 1991-yil.
Eslatmalar
Maʼlumotnomalar
Qoʻshimcha oʻqish
Tashqi havolalar
uz.wikipedia.org