Qozogʻiston — Tojikiston munosabatlari
Qozogʻiston — Tojikiston munosabatlari — Qozogʻiston va Tojikiston oʻrtasida ikki tomonlama diplomatik aloqalar. Qozogʻiston va Tojikiston oʻrtasidagi oʻzaro diplomatik aloqalar 1993-yil 7-yanvarda oʻrnatilgan.
Qiyosiy tavsif
Tarix
Tojikiston elchixonasi Nur-Sulton shahrida 1993-yil iyun oyidan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Qozogʻistonning Dushanbedagi diplomatik vakolatxonasi 1998-yil aprel oyida ochilgan va 2001-yil yanvar oyida u elchixona maqomini olgan. Tojikiston rahbari Imomali Rahmon 1993-yilda Qozogʻiston poytaxtiga rasmiy tashrif bilan kelgan. Ushbu tashrif davomida Tojikiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi munosabatlar asoslari toʻgʻrisida bitim imzolangan. Tojikiston rahbarining Qozogʻistonga keyingi tashriflari 1995 va 2008-yillarda boʻlib oʻtdi. Qozogʻiston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning Tojikistonga rasmiy tashriflari 2000-yil iyun va 2007-yil sentyabr oylarida amalga oshirilgan.
1995-yilda Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya tashkil etildi. Komissiyaning 1998, 2001, 2004, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011-yillarda Qozogʻiston va Tojikiston poytaxtlarida boʻlib oʻtgan yigʻilishlari ikki mamlakat munosabatlarida muhim rol oʻynaydi.
Bugungi kunda Qozogʻistonning Tojikistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Agybay Dynkenovich Smagulovdir. 2014-yil holatiga koʻra Tojikistonning Qozogʻistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Alizoda Nazirmaddir.
Manbalar
uz.wikipedia.org