Qozogʻiston — Qatar munosabatlari




Qozogʻiston — Qatar munosabatlari  — Qozogʻiston va Qatar oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Diplomatik aloqalar 1993-yilda oʻrnatilgan. Qozogʻistonning Dohada elchixonasi bor . Qatarning Nur-Sultonda elchixonasi mavjud.

Diplomatik aloqalar



Qozogʻiston va Qatar 1993-yil iyulda diplomatik munosabatlarni rasmiylashtiradigan rasmiy bitimni imzoladilar. Qozogʻiston Dohada 2007-yil may oyida oʻz elchixonasini tashkil etdi. Qatar elchixonasi 2016-yil oktabr oyida Qozogʻiston poytaxti Nur-Sultondaochildi. Ahmed bin Ali Al Tamimi Qatarning Qozogʻistondagi birinchi va hozirgi kundago doimiy elchisidir.

Iqtisodiy aloqalar



Qozogʻistonning yangi poytaxti Ostona qurilishiga Qatar ajratgan mablagʻlar yordam berdi. 6,8 million dollar Qatar tomonidan ushbu shaharda Islom markazi qurilishini moliyalashtirish uchun ajratilgan.

Qozogʻiston va Qatar oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilashga yordam berish uchun Qozogʻiston-Qatar qoʻshma hukumatlararo komissiyasi tuzildi. Toʻrtta uchrashuv oʻtkazilgan: 2000-yil iyun, 2001-yil may, 2009-yil oktabr va 2015-yil oktabrda.

Qatar-Qozogʻiston ishbilarmonlar kengashi birinchi yigʻilishini 2008-yil oktabr oyida oʻtkazdi. Uchrashuv davomida Qatarning gaz va neft sohasidagi biznes imkoniyatlari hamda qoʻshma korxonalarni qurish masalalari muhokama qilindi.

Ikkala mamlakat ham Islomiy bank sohasida hamkorlik qilmoqda, Qatar moliya markazi va Ostona xalqaro moliya markazi 2016-yil avgust oyida oʻzaro anglashuv memorandumini imzolaganlar.

Mediya aloqalar



Qatar Al-Jazeera konglomerati oʻzining Markaziy Osiyodagi filialini Olmaotada 2008-yil fevral oyida ochgan.

Migratsiya



2015-yil maʼlumotiga koʻra Qatarda 200 ga yaqin Qozogʻiston fuqarosi istiqomat qiladi. Ularning aksariyati Qatarning gaz va neft sanoatida ishlaydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz