Qozogʻiston — Janubiy Koreya munosabatlari




Qozogʻiston — Janubiy Koreya munosabatlari  — Qozogʻiston va Janubiy Koreya oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar.

Ikki mamlakat oʻrtasida diplomatik aloqalar Qozogʻiston mustaqillikka erishganidan koʻp oʻtmay 1992-yil 28-yanvarda oʻrnatilgan. Oʻsha vaqtdan beri ikki tomonlama aloqalar barqaror rivojlanib bormoqda. Ikki xalq oʻrtasidagi hamkorlik siyosiy, iqtisodiy va taʼlim sohalarida rivojlanmoqda.

Tarix



Qozogʻiston va Janubiy Koreya rasmiy ravishda 1992-yil yanvar oyida ikki tomonlama diplomatik aloqalarni oʻrnatgan. Koʻp vaqt oʻtmay Janubiy Koreya Olmaotada, 1996-yil Qozogʻiston Seulda oʻz elchixonasini ochdi.

1995 va 1996-yillarda Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev rasmiy tashrif bilan Janubiy Koreyaga tashrif buyurdi. 2004-yilda Janubiy Koreya prezidenti Roh Moo Hyun rasmiy tashrif bilan Qozogʻistonga keldi. Keyingi prezident Li Myon Bak 2009-yilda Qozogʻistonga tashrif buyurdi. Prezident Pak Kin Xe 2014-yilda Qozogʻistonga tashrif buyurdi va Prezident Nazarboyev bilan iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni va texnologiyalar almashinuvini kuchaytirishga kelishib oldi.

Madaniy va taʼlimdagi aloqalar



2005-yilda Janubiy Koreya prezidenti Rohning Qozogʻistonga tashrifidan soʻng Koreyadagi Qozogʻistonshunoslik Uyushmasi tashkil etilgan. Uyushma ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni yaxshilashga, shuningdek Qozogʻistondagi turli millat vakillarini akademik oʻrganishni yaxshilashga qaratilgan.

Koryo-saram



1930-yillarning oxirida Sovet Ittifoqidagi minglab koreyslar Yaponiyaning josusligini oldini olish uchun Markaziy Osiyoga deportatsiya qilingan. Bugungi kunda ushbu koreyslar Koryo-saram deb nomlangan. Maʼlumotlarga koʻra, Qozogʻiston hududida 100,000 koreys millati vakillari yashaydi. Ushbu etnik koreyslarning mavjudligi ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga yordam beradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz