Qozi Latif madrasasi




Qozi Latif madrasasi Kokilai xo‘rd guzarida joylashgan bo‘lib, 28 hujradan iborat bo‘lgan. U Amir Muzaffarxon davrida hijriy 1295-yili (1878) qurilgan. Vaqfli edi, hujjati hozirgi kungacha yetib kelgan. Hijriy 1331-yil jumad ul-avval oyida (1913-yil aprel' – may) bu joyda qori Zakariyo mudarrislik qilgan. Bungacha u Kahband madrasasida ham dars bergan. Bemor talabalar ro‘yxatida bu o‘quv dargohida mulla Omonulla va Sayyidxoja rishta kasaliga chalingani bildirilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz