Qozi Gʻafur madrasasi




Qozi Gʻafur madrasasi  — Samarqand madrasasi. Qozi Gʻafur madrasasi Samarqand shahar ichkarisida 1410-yilda Temuriylar sulolasi davrida bunyod etilgan. Madrasa kun chiqar tomonda boʻlib, Registoning sharqiy tomonida boʻlgan. Madrasa toʻgʻrsida Abu Tohirxoja Samariya asarida shunday yozadi: "Samarqanddagi buzuqchilik davrida vayron boʻlgan. Sunnat muhiysi hazrat amir al-moʻminin Sayyid amir Haydar buyrigʻi bilan ushbu madrasaning janub tomonida yetti hujra qurdiradi. Hozir dars oʻtiladi". Madrasa taʼmirlanib, oʻquv ishlari yana yoʻlga qoʻyilgan. Tadqiqotchi Abdusattor Jumanazarov fikriga koʻra madrasa Amir Shohmurod va Amir Haydar tomonidan tiklagan boʻlsa kerak. Ammo Mahkamoy Tursunova tadqiqotlarida N. P. Ostroumovning 1914-yilgi maʼlumotlariga tayanib, madrasa hijriy 804 (1410) yili qurilganini va 21 hujrada 44 talaba yashab tahsil olganini yozadi. Madrasaning 1914-yili vaqf mulki 150 rublni tashkil etgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Ushbu madrasaning Mahalla volostiga qarashli Sachak oqsoqolligi, Xoja Soqqa qishlogʻida 365 tanob ekinzori boʻlgan va undan 1882, 1883, 1884-yillar oʻrtacha 225 rubl atrofida daromad olingan. Ushbu madrasaga bu davrda Masrurxoja mutavvali qilib tayinlagan. Bundan tashqari madrasaning 1888, 1889, 1890-yillar vaqf mablagʻi hisobotlari mavjud. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba istiqomat qilgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan. Madrasa Samarqanddagi dastlabki oliy dargohlaridan biridir. Sovet hokimiyati hokimiyat tepasiga kelgach, Qozi Gʻafur madrasasi faoliyati ham barham topgan va qarovsizlikdan buzulib ketgan.

Meʼmorchiligi



Gʻoziyon raboti madrasasi 21 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz