Qozi Aʼzuddin Kasbaviy




Qozi Aʼzuddin Kasbaviy (arabcha:قاضي عز الدين قصبوي — Qozi Aʼzuddin Kasbaviy (XVI asrda yashagan)) — Shoir va Qozi.

Faoliyati



Qozi Aʼzuddin Kasbaviy Kasbida qozilik qilgan, oʻz davrining ilgʻor fikrli, bilimdon shaxslaridan biri boʻlgan. Qozi Aʼzuddin Kasbaviy haqida „Muzakkiru-l-ahbob]]“da shunday satrlarni oʻqiymiz: "Kasbi — Nasaf viloyatining nohiyalaridan boʻlib, qozi Aʼzuddin oʻsha oʻlkaning amaldor kishilaridan hisoblanadi. Hammaga yoqqan xulq-atvor va xush amallar ziynati bilan bezangandir. Ilmu fazilatlarni toʻla egallagan. Tabʼi ham yaxshi.
Qozi Aʼzuddin Kasbaviyning „Al-jadalu-l-hasan“ („Yax­shi bahs-­munozara“) boʻyicha asar yozgan. Shuningdek, uning „Kitob fi usuli-l-fiqh“ („Fiqh usuli (metodologiyasi) boʻyicha kitob“), „Sharhu-r-risola\\“ („Risola sharhi“) asar bor.
Muammo sohasidagi bilimlarni ham yaxshi oʻzlashtirgan. Latif muammolari bor Janob Sayid Mirzoning vafoti taʼrixini juda yaxshi aytgan. Taʼrix (hijriy 973-yil).

Mazmuni: Ey dil, bu pastkash gardishi davrondan ne talab qilursan, uning bari ishi makru hiyla va nayrang. Odamlarning figʻonu nolasi bu yerdan koʻk burjiga yetdi. Chunki bugun arabiy sayyid avlodining iftixori bizni tashlab ketdi. Ul asr yagonasi paygʻambar oilasining faxri edi. Shu sababli tarix ham „paygʻambar oilasining faxri“ boʻldi.

Asarlari




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz