Qovurilgan pitssa




Qovurilgan pitsa  — tayyorlanishi bilan farq qiluvchi pitssa turlaridan biri. Odatdagidek pishirish oʻrniga, qovuriladi. Bu turdagi pitssa Italiya va Shotlandiyada juda mashhur, ammo ular ham qovurish usuliga koʻra farqlanadi.

Italiya



Italiyada bu pitssa Neapoldan kelib chiqqan. U xamirdan tayyorlanib, pishloq, goʻsht va ayrim hollarda taʼbga koʻra koʻkatlar bilan toʻldirilagan taomni qovurish yoʻli orqali tayyorlanadi. Pitsani qovurish uni duxovkada pishirish imkonini beradi. Bunday amaliyot koʻcha doʻkonlarida qoʻllaniladi. Ularda texnik jihatdan pechkalarni oʻrnatish mumkin emas.

Shotlandiya



Ushbu pitssa mamlakatning koʻplab doʻkonlarida sotiladi. U muzlatilgan yarim tayyor mahsulot yoki allaqachon pishirilgan holda sotiladi. Unga masalliq qoʻshiladi. Mahsulotning asosi qirsillagan holga kelguncha qovurilib soʻngra muzlatilgan nondir. Ushbu taomga qovurilgan yoki kartoshka pyuresi, tuz, sirka yoki jigarrang sous qoʻshilishi ham mumkin.

Taom „qarsildoq“ boʻlishi uchun yaxshilab va uzoq qovuriladi. Biroq, xamirning ayrim turlari unchalik yaxshi qovurilmaydi. Shotlandiyada pitssa asosan kartoshka fri bilan birga tortiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz