Qovunchi Madaniyati
Qovunchi madaniyati - mil. av 2-asr — milodiy 6-asrga oid arxeologik madaniyat. Oʻrganilgan joy dastlab qovunchitepa xarobasi boʻlgani uchun nomi shundan. Qovunchi madaniyati Toshkent vohasi, Sirdaryoning oʻrta oqimi va Fargʻonaning shim.-gʻarbiy qismida tarqalgan. arxeolog G.V.Grigoryev 1934—37 yillarda Qovunchi madaniyati majmualarida qazish ishlari olib borgan. Shoshtepani oʻrganish natijasida 1-marta madaniy qatlamlarning aniq stratigrafiyasi belgilandi. Bu esa Qovunchi madaniyatining aniq davrini (Qovunchi I miloddan avvalgi 2—1-asrlar: Qovunchi II 2 bosqichga boʻlinib, uning 1-bosqichi milodiy 1—4-asr
lar, 2-bosqichi 5—6-asrlar) belgilashga asos boʻlgan. Qovunchi madaniyati Toshkent vohasidagi qad. dehqonchilik bilan shugʻullangan tub aholi madaniyati (qarang Burganli madaniyati) asosida "xalqlarning buyuk koʻchishi" davrida Toshkent vohasiga kirib kelgan sarmatlar. hunlar va boshqa xalqlarning etnik madaniyati taʼsirida rivojlangan. Toshkent vohasi Qovunchi madaniyati shakllanishining asosiy markazi boʻlgan. Majmualarda meʼmorlik maktabining mahalliy anʼanalariga asoslangan, yuksak mudofaa inshootlariga ega boʻlgan shaharsozlik, sopol idishlar va haykalchalar shaklining oʻziga xos xususiyatlari tarkib topgan. Qovunchi madaniyati vohada shahar madaniyati paydo boʻlishi hamda irrigatsiya tizimining takomillashishi asosida dehqonchilikning yanada rivojlanish davrida tarqalgan. Qovunchi majmualari asosida Toshkent shahri madaniyati paydo boʻlgan va rivojlana boshlagan. Oʻsha davrdagi ark va uning atrofida 1 yoki 2 qishloqdan iborat aholi punktlari boʻlib, ularning ayrimlari mudofaa devorlari bilan oʻralgan. Shaharlar hunarmandchilikning va savdo-sotiqning asosiy tayanch punkti hisoblangan. Metallga ishlov berish (temirchilik, jez asboblar quy-ish) ancha rivojlangan. Kulolchilikda sopol idishlar yasash asosiy oʻrin egallagan, ularning turi, shakli koʻpaygan. Sopol idishlarning tagi tekis boʻlgan. Qovunchi I da koʻvacha, tovoq, qizgʻish yoki boʻgʻiq qoʻngʻir rang berilgan sopol idishlar, Qovunchi II da quloqli xurmachalar, bandlari hayvon shaklidagi turli idishlar va xurmachalar uchraydi. Qovunchi madaniyatiga xos idish qopqoqlari, koʻralar, diniy marosim buyumlari, 2 boshli qoʻchqor yoki shoxli hoʻkiz boshlari shaklida yasalgan oʻchoq poytagliklari topilgan, ulardan tutatqi solinadigan va qurbonlik qilinadigan idish sifatida ham foydalanilgan. Qovunchiliklar dehqonchilik va yaylov chorvachiligi bilan shugʻullanishgan. Ular dehqonchilik maʼbudalari, olov va ajdodlarga sigʻinishgan. Milodning dastlabki asrlarida Qovunchi madaniyati janubga tomon tarqalib, Sugʻd, Qashqadaryo hududidagi mahalliy madaniy majmualarga taʼsir eta boshlagan. 6-asrga kelib, Oʻrta Osiyoning markazidagi vohalar bilan iqtisodiy va savdo aloqalarining kuchayishi hamda umumsugʻd madaniyati taʼsirida Toshkent vohasida Qovunchi madaniyati oʻziga xos alomatlarini yoʻqotgan, sekin-asta butun Movarounnahrga xos yagona madaniyat vujudga kela boshlagan.
Abdulahad Muhammadjonov.
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Qovunchi madaniyati — qadimiy neolit va eneolit davrlariga oid arxeologik madaniyat bo‘lib, O‘zbekistonda, asosan, Zarafshon vodiysi hududida joylashgan. Bu madaniyat miloddan avvalgi taxminan V–IV ming yilliklarga to‘g‘ri keladi va o‘zining noyob arxeologik topilmalari bilan ajralib turadi.
Qovunchi madaniyati nomi Zarafshon vodiysida, ayniqsa, Qovunchi qishlog‘i yaqinida qazilgan yodgorliklardan kelib chiqqan. Ushbu madaniyat oldingi qoraqalpoq va boshqa Markaziy Osiyo madaniyatlari bilan aloqalarda bo‘lib, agrar jamiyatning shakllanishingiz aks ettiradi.
Qovunchi madaniyati asosiy xususiyatlari:
- Qishloq xo‘jaligi rivojlangan bo‘lib, bug‘doy va boshqa don ekinlari yetishtirilgan;
- Hayvonlarni boqish, ayniqsa qo‘y va echkilarni parvarish qilish keng tarqalgan edi;
- Loydan yasalgan o‘ymakor idishlar, keramik plitalar, bezaklar va asbob-uskunalar topilgan;
- Mehnat asboblari toshdan va hayvon suyagidan ishlangan;
- Qovunchi madaniyatining arxeologik yodgorliklari orasida turar joy qoldiqlari, qabristonlar va diniy obidalar mavjud.
Bu madaniyat Markaziy Osiyoda odamlarning ishlab chiqarish kuchlari va jamiyat tuzilishining rivojlanish davriga to‘g‘ri keladi. Qovunchi madaniyati orqali neolitdan eneolitga o‘tish jarayoni, qishloq xo‘jaligining kengayishi va yangi texnologiyalar paydo bo‘lishi haqida muhim ma’lumotlar olinadi.
Shuningdek, Qovunchi madaniyati Markaziy Osiyodagi qadimgi madaniyatlarning uzviy davomi hisoblanib, o‘rta asrlardagi madaniy jarayonlarning shakllanishida ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Arxeologik qazishmalar davomida topilgan yodgorliklar tadqiqotchilarga hududning qadimiy aholisi hayoti, madaniyati va iqtisodiyotini chuqur o‘rganishga imkon yaratadi.