Qovoqli shirinlik (Turkiya)
Qovoqli shirinlik — qovoqdan tayyorlanadigan Turkiyaning mashhur shirinliklaridan biri. Qovoqli shirinlik Turkiyaning qator viloyatlarida turli hil qovoqlardan va oʻziga hos usullar bilan tayyorlanadi.
Tayyorlanishi
Tashqi poʻstlogʻi tozalangan va urugʻlari olib tashlangan qovoq toʻgʻraladi. Toʻgʻralgan qovoq ustiga shakar kukuni sepiladi va shakar singunga qadar qoldiriladi. Keyin ozgina suv qoʻshib, yumshoq boʻlgunga qadar pishiriladi. Ustiga maydalangan yongʻoq, finduk, bodom yoki hindiston yongʻogʻi sepiladi. Qovoqni biroz qaynatgandan keyin qaynoq suvini ustiga quyib ham tanovul qilish mumkin.
Odatda Turkiyaning gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy qismida, ayniqsa Aydin va Sakaryaʼda keng tarqalgan shirinlik.
Turlari
Adapazari qovoq shirinligi
Adapazari oq kashtan (yongʻoq) yordamida tayyorlanadigan qovoq shirinligi. Adapazarı qovoq shirinligi 2021- yilning 3-may sanasida Turkiya Patent va savdo belgilari idorasi tomonidan roʻyxatga olingan va geografik koʻrsatkichga ega boʻlgan shirinlik.
Antaliya qovoq shirinligi
Antaliya qovoq shirinligi 2021-yilning 13-mart sanasida Turkiya Patent va savdo belgilari idorasi tomonidan roʻyxatga olingan va geografik koʻrsatkichga ega boʻlgan shirinlik.
Aydin qovoq shirinligi
Aydin qovoqli shirinligi xalq orasida hoʻkiz qovogʻi deb nomlanuvchi Cucurbita moschata qovogʻidan tayyorlanadi. Aydin Kabak shirinligi 2021-yilning 17-avgust sanasida Turkiya patent va tovar belgilari idorasi tomonidan roʻyxatga olingan va geografik koʻrsatkichga ega boʻlgan shirinlik.
Hatay qovoq shirinligi
Hatay qovoqli shirinligi — qovoqning qishki Jujurbita turidan asal bilan tayyorlanadigan qovoqli shirinlik turi. Hatay qovoq shirinligi 2021-yilning 5-oktabr sanasida Turkiya patent va tovar belgilari idorasi tomonidan roʻyxatga olingan va geografik koʻrsatkichga ega boʻlgan shirinlik.
Manbalar
uz.wikipedia.org