Qovgʻa burji




Qovgʻa burji () (grekcha: Υδροχόος, Aquuarius , lotincha „suv tashuvchi“ degan maʼnoni anglatadi) astronomiyada Qoʻy va Baliqlar oʻrtasida joylashgan oʻn birinchi burj boʻlib, munajjimlikda taxminan 20-yanvardan taxminan 18-fevralgacha boʻlgan davrni aks ettiradi.

Mifologiyasi



Ushbu yulduz turkumi miloddan avvalgi II asrdan beri maʼlum. Bobil astronomlari tomonidan kashf etilgan. Xudo suv quyadigan idish (koʻza) orqali tasvirlanadi.

Har safar Dajla va Frot daryolarida toshqin va vayronagarchiliklar sodir boʻlganda bobilliklar bu falokatlarni Xudo tomonidan yuborilganligiga ishonishgan.

Qovgʻa yulduz turkumi haqida ijobiy maʼnoga ega boʻlgan yana bir sivilizatsiya Misrda paydo boʻlgan. Misrliklar Qovgʻa burjini har yili Nil daryosining toshib ketishi bilan bogʻlashgan. Shu daryoning suvi orqali ular ekin maydonlarini sugʻorish uchun foydalanishgan, ichki ehtiyojlar uchun zaxiralar toʻplashgan. Anʼanaga koʻra, bahorning boshlanishi Qovgʻa burji bilan belgilangan. Ushbu yulduz turkumiga ishora qiluvchi yana bir sivilizatsiya – bu yunon mifologiyasi. Ushbu mifologiya Aquarius Ganimed timsoli bilan tavsiflanadi. Ganymed —Troyaning ilohiy qahramoni. Yunon mifologiyasida Ganimed qoʻy boqib yurganida Xudolar shohi Zevsning oʻzi burgut qiyofasida tushib kelgani hikoya qilinadi. Zevs yosh shahzodaning goʻzalligidan juda hayratda qoladi. Gomerning soʻzlariga koʻra, Ganymed insonlar ichida eng sevimlisi edi. Zevs bolani oʻgʻirlab, Olimp togʻiga olib ketadi .

Yunon mifologiyasining baʼzi versiyalarida Qovgʻa yulduz turkumi Janubiy Baliq yulduz turkumi tomon „suv oqib turgan koʻza“ shakliga ega, deb ishoniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz