Qoʻstanoy viloyati
Qoʻstanay viloyati — Qozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1936-yil 29-iyulda tashkil etilgan. Respublikaning shimoliy qismida, Tobol daryosi havzasida. Maydoni 196 ming km. Aholisi 880,326 kishi (2012) shahar aholisi 52 %. Tarkibida 4 shahar va 12 shaharcha bor, 13 tumanga boʻlingan. Markazi — Qoʻstanoy shahri. Viloyat respublikaning 4 ta boshqa viloyatlari bilan chegaradosh. (Aqtoʻbe, Qaragʻandi, Akmola va ShQV) va Rossiyaning 3-ta viloyati bilan (Orenburg, Chelyabinsk, Qoʻrgʻan).
Aholisi
Viloyatda 2010-yil 10-oktyabrdagi maʼlumoti boʻyicha 882,018 kishi istiqomat qiladilar. Viloyat koʻp millatli hisoblanadi, viloyatda 100 dan ziyod millat vakillari istiqomat qilishadi. Aholining milliy tarkibini esa quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:
Kommunikatsiyalar
Viloyatdan xalqaro „Yekaterinburg-Almati“ avtomabil yoʻli oʻtadi. Temir yoʻlning uzunligi — 1452,3 km.ni tashkil qiladi, avtomabil yoʻllarining uzunligi — 9514,3 km, gaz quvurlar — 2491,4 km, issiqlik quvurlari — 778,8 km, suv quvurlari — 5937,1 km.
2004-yili „Altinsari-Xromtau“ temir yoʻli barpo etilgan. Asosiy transport tugunlari: Qoʻstanay va Tobol. Qoʻstanay shahri Moskva, Ostona, Olmaota kabi yirik shaharlar bilan havo yoʻllari orqali bogʻlangan.
Tabiati
Viloyat Ural togʻlarining sharqidagi dasht zonasida, katta qismi Toʻrgʻay va Ural sharqi platolarida joylashgan. Qoʻstanoy viloyatining shimoli-gʻarbiy qismini Uralning togʻ oldi tekisliklari va tarmoqlari egallagan. Foydali qazilmalardan temir rudasi, boksit, nikel, titanga boy. Asbest, qoʻngʻir koʻmir va qurilish materiallari zaxirasi ham katta. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq, quruq, qishi sovuq, qor kam yogʻadi. Iyulning oʻrtacha harorati shimolda 18—19 °C va janubda 21 — 22 °C, yanvarniki shimolda —19 °C va janubda —17 °C. Yillik yogʻin shimolda 300 – 350 mm, janubda 240 –280 mm. Vegetatsiya davri shimolda 150 —175 kun, janubda 180 kun. Eng yirik daryosi — Tobol (Ob havzasi); chap irmoqlari — Sintasti, Ayat, Uy, oʻng irmogʻi — Ubagan. Mayda koʻl koʻp. Qoʻstanoy viloyatining shimoliy qismida qora tuproq (hududining 40 % dan ortiqrogʻi), janubida esa kashtan tuproqlari tarqalgan. 143 ming ga yer oʻrmon. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, yelik, boʻrsiq, oq tovushqon, malla tovushqon: qushlardan toʻrgʻay, turna, qur, qizilishton, kakliklar uchraydi.
Hududiy boʻlinishi
Viloayt tarkibida: 16-ta tuman va viloyat ahamiyatiga ega 4-ta shahar mavjud:
Sanoati
Energetikasi tashqaridan keltiriladigan koʻmir, mazut va gaz bilan ishlaydi. Qoʻstanoy viloyati gʻalla, goʻsht, temir rudasi, asbest va boksit yetkazib beradigan yirik viloyatdir. Sanoatining asosiy tarmogʻi — kon-ruda sanoati. Metallsozlik (avtomobil, motor taʼmirlash, mexanika zavodlari), kimyo sanoatlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish va ayniqsa, yengil (toʻqimachilik, poyabzal ishlab chiqarish, tikuvchilik) va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari (un, pivo, goʻsht, moy) rivojlangan.
Qishloq xoʻjaligi
Xoʻjaligida lalmikor dehqonchilik bilan birga (asosan, bugʻdoy), sut-goʻsht chorvachiligi va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash yetakchi oʻrinda. Qishloq xoʻjaligi gʻallachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Ekin maydonlariga gʻalla, sabzavot, poliz, texnika va ozuqa ekinlari, kartoshka ekiladi. Sut-goʻsht yetishtiriladigan qoramolchilik, shuningdek, choʻchqachilik, parrandachilik, qoʻy va echkichilik rivojlangan. Qoʻychilik goʻsht va jun yetishtirishga ixtisoslashgan.
Ijtimoiy soha
1-yanvar 2008-yilgi maʼlumot boʻyicha viloyatda 644 maktab, 91 bolalar bogʻchasi, 28 oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, 9 oliy oʻquv yurtlari, 48 shifoxona, 8 kasalxona, 3 teatr, 10 muzey, 393 kutubxona, 278 madaniyat uyi, 2 sport saroyi, 39 sport joylari va 29 stadionlar faoliyat yuritmoqda.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org