Qo‘stanay
Qoʻstanay[6] (qozoqcha: Қостанай) — shahar, Qo'stanoy viloyatining markazi. Qozogʻistondagi yirik temir, havo va avtomabil yoʻllari asosiy qismida joylashgan. Tobol daryosining chap sohilida. Shaharni Abelsoy jari ikkiga boʻlib turadi. Temir yoʻl chorrahasi. Aholisi 219 253 kishi (2013). Shaharga 1883-yilda asos solingan.
Aholisi
Shahar aholisining soni 2012-yilgi maʼlumot boʻyicha 216 390 kishi. Shahar aholisi koʻp millatli hisoblanadi, shaharning milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin: (2010-yil, 1-yanvar):
Tarixi
Qoʻstanay shahrini 1897-yili Rossiya imperatorining farmoniga binoan qozoqlarning urugʻlaridan tortib olingan. „Qoʻstanoy“ nomli joyning poydevorini, Yedil yoqasi va Orenburg guberniyasidan koʻchib kelgan rus aholisi qurgan. Boshlanishida „Nikolayevka“ deb nomlandi. 1893-yil Qozogʻistonning tarkibida boʻlgan avvalgi Toʻrgʻay viloyatida yangidan tashkil topgan uez, hududiy boʻlinishiga oid unga „Qoʻstanoy“ nomi berildi. Qoʻstanoy shahri uezining markaziga aylandi. 1912—1913-yillari Janubiy Sibir temir yoʻli magistrali Chelyabinsk — Troitsk — Qoʻstanoy tarmogʻining qurulishiga binoan, Qoʻstanay Rossiyada korxonalar rivojlanish boʻyicha yuqori safdagi Markaziy Rossiya tumanlari bilan jonli savdo-sottiq qilishga imkoniyat yaratildi. Shuning taʼsirida Qoʻstanoy Shimoliy Qozogʻistondagi katta savdo markazlarining biriga aylandi. Shaharda yengil va oziq ovqat sanoatlari, gaz va dizel yonilgʻisi bilan ishlaydigan tegirmonlar, qassobxonalar, teri buyumlari, v.h tashkil topdi. 1917—1919-yillarda Qoʻstanayda Kengash ittifoqi oʻrnab, 1920-yil shu vaqtdagi Aqto'be viloyati okrugining, 1925-yil guberniyaning, 1936-yil yangidan tashkil topgan Qoʻstanoy viloyatining markaziga aylandi.
Sanoati
Qoʻstanoya oziq-ovqat (goʻsht va un kombinatlari) va yengil sanoatlari (kamvol movut kombinati, tikuvchilik va poyabzal fabrikalari) rivojlangan. Sunʼiy tola zavodi, metallsozlik (avtomobil va qishloq xoʻjaligi mashinalarini taʼmirlash, ehtiyot qismlar ishlab chiqarish), qurilish materiallari korxonalari (temir-beton konstruksiyalar, devor bloklari, gʻisht zavodlari) bor. Hozirgi kunda shaharning sanoat tarkibidagi korxonalarda sohaviy 10 AJ, 9 MChB, 4 MQK bor.
Ijtimoiy soha
Shaharda Shimoliy Qozogʻistonning geologiya boshqarmasi va uning markaziy laboratoriyasi, A. Baytursunov nomidagi davlat pedagogika universiteti, qishloq xoʻjalik instituti, davlat qishloq xoʻjalik va ekinni rejalash, suv qurulishini rejalash institutining filiallari, kooperativ, avtomobil va qurulish kolledjderi, 2 shahar kasb-hunar-tex., med. mahkamalari, viloyat tarixi va geologiya muzeyi, gidrometeorologiya byurosi, 59 maktab, 2 madaniyat uyi, viloyat drama teatri, filarmoniya, 13 kutubxona faoliyat yuritmoqda. Tibbiyot mahkamalaridan 12 kasalxona (viloyat va shahar klinik. kasalxona, temir yoʻlchilar va bolalar klinikalik kasalxonalari, viloyat va shahar shifoxonalari, onkologiya, sil, psixiatriyali, veterologiya dispanserlar, suyak sili sanatoriyasi, shahar traxomoz kasalxonasi), 6 akusherlik punkt, 131 dorixona, viloyat radio-telestudiyalar, stadion aholiga xizmat koʻrsatmoqda.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org