Qosimxo'jayev Saidusmon




Saidusmon Qosimxoʻjayev (1915.15.5 — Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani Kavardon qishlogʻi — 1994.24.3) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, serjant. 1938-yildan armiyada. 1941-yil avgustdan frontda. 229-oʻqchi polki (Markaziy front 19-armiyaning 8-oʻqchi diviziyasi) vzvod komandiri. Chernigov viloyatining Korop tumanidagi Obolonye qishlogʻi uchun boʻlgan jangda koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1943.11.9). Urushdan keyin turli rahbarlik lavozimlarda ishlagan. Vafotidan soʻng oʻzi yashagan koʻchaga nomi berilgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz