Qosimov Saʼdulla Rashidovich




Saʼdulla Rashidovich Qosimov (1901, Toshkent - 1930) - 1922-yildan sudlov tizimida faoliyat koʻrsatgan. Toshkent viloyati sudi (1925 — 26). soʻngra Oʻzbekiston SSR Oliy sudining raisi (1926-yil iyun — 1929-yil mart). Oʻz faoliyati davomida markazning shovinistik siyosatiga qarshi chiqqanligi shoʻro hukumatiga yoqmagan. Lavozimidan boʻshatilib, qamoqqa olingan (1929-yil bahori). Samarqanl (1930-yil mart — iyun)da boʻlib oʻtgan sud jarayonida (sud raisi M.I.Vasilyev-Yujin, qoralovchi R.P.Katanyan) Q. va uning tarafdorlari (7 kishi) "burjua mildatchilari" sifatida, "bosmachilar"ni qoʻllab quvvatlaganlikda ayblangan. Ularga "qosimovchilik" tamgʻasi bosilgan. SSSR Oliy sudi jinoyat-sudlov kollegiyasi sayyor sessiyasining qaroriga koʻra, Q. otib tashlangan.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz