Qosimov, Mahmud Tojiqulovich




Mahmud Tojiqulovich Qosimov (1901 yil, Andijon shahri — 1963-yil, Fargʻona shahri) — Oʻzbekistonning atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi, sovet harbiy qoʻmondoni, birinchi oʻzbek polk komandirlaridan biri, armiya generali, Fargʻona viloyati harbiy komissari, SSSRning Erondagi elchixonasi harbiy attashesi, Oʻzbekistonda va Qirgʻizistonda sovet hokimiyatini oʻrnatish uchun kurashchisi, bosmachilikka qarshi kurashgan.

Olgan bilimi




Urushlarda qatnashgani




Hayot yoʻli



Mahmud Tojiqulovich Qosimov 1901 yili Andijon shahrida tugʻilgan, birinchi oʻzbek polk komandirlaridan, armiya polkovnigi, Oʻzbekiston va Qirgʻizistondagi bosmachilik bilan kurash faol qatnashchisi, urush fahriysi, (1946 yildan) Fargʻona viloyati harbiy komissari, SSSRning Erondagi elchixonasida harbiy attashesi boʻlgan.

Qizil Armiya safida 1920 yildan. Kommunistik partiya safida 1926-yildan. Chaqirilish joyi: Andijon tumani harbiy komissarligi.

1929 yil noyabr oyida V.I. Lenin nomli Birlashgan Oʻrta Osiyo harbiy maktabining oʻnta bitiruvchisi-aʼlochisi Oʻrta Osiyo OGPU chegara va ichki qoʻshinlar boshqarmasiga har xil lavozimlarga tayinlandi. Ushbu oʻnta yosh qizil komandirlar ichida: Qosimov Mahmud, Hamidov Xaydar Qurbonovich, Sobirov Abduvalilar bor edi.

1930-yillari Xitoyda harbiy maslahatchi boʻlgan.

17-iyul 1943 yildan Ikkinchi jahon urushi (Janubiy front) qatnashchisi.

May 1944 yil holatiga Janubiy front 315-oʻqchi diviziyasining 724-oʻqchi polki komandiri oʻrinbosari.

30-may 1944 yili mayor M.Qosimov Qizil bayroq ordeni bilan taqdirlangan.

28-sentabr 1944 yildan 6-fevral 1946 yilgacha podpolkovnik, Janubiy front 315-oʻqchi diviziyasining 724-oʻqchi polki komandiri, keyinchalik 4-Ukrain fronti, alohida Primorsk armiyasi, Oliy bosh qoʻmondon stavkasi zahirasi.

Sovet Armiyasi harbiy kuchlari safida Melitopol operatsiyasida, Nikopol-Krivoy Rog operatsiyasida, Krim strategik operatsiyasida, Sharqiy-Karpat strategik operatsiyasida, Germaniyani ozod etishda va boshqalarda qatnashgan.

1946 yildan polkovnik, Fargʻona viloyati harbiy komissari.

SSSRning Erondagi elchixonasida harbiy attashesi boʻlib ishlagan.

Qosimovlar oilasi



Turmush oʻrtogʻi-Karomatxon Nishonboyevna Nishonova (Oʻsh shahrida tugʻilgan) — 26-iyun 1986-yili Fargʻona shahrida vafot tgan. SSSRning Erondagi elchixonasi qoshidagi tibbiy kasalxonada ishlagan.
Farzandlari:

1) Anvar Qosimov (1933 yili Oʻsh shahrida tugʻilgan) yetakchi sovet, oʻzbek sharqshunosi, hindshunos, turkshunos, tashqi siyosat va xalqaro aloqalar boʻyicha eksperti, tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi. Oʻzbekiston Kompartiya Markaziy Qoʻmitasining targʻibot-tashviqot boʻlimi mudiri, SSSR tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatida, SSSRning Turkiyadagi elchixonasining maslahatchisi, Toshkent Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi dorilfununi va Toshkent Sharqshunoslik oliygoxi kafedrasi mudiri, professori, tarix fanlari doktori, bir necha oʻnlab ilmiy kitoblar muallifi.
Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidentining (SRV № 571/2005/ QD/CTN, Xanoy, 7-iyun 2005 yildagi „Doʻstlik ordenlari va medallari bilan taqdirlash toʻgʻrisida“gi qaroridan koʻchirma: „Za bolshie zaslugi v okazanii pomoщi Vetnamu v podgotovke nauchnix kadrov, v ukreplenii drujbi i mnogostoronnego sotrudnichestva mejdu Vetnamom i Uzbekistanom“ nagradit Medalyu „Drujbi“ SRV Kasimova Anvara Maxmudovicha-professora Universiteta mirovoy ekonomiki i diplomatii i Tashkentskogo instituta Vostokovedeniya.

Toʻrtta farzandi bor: qizlari Mumtoz Abdurazzoqova (1966, sharqshunos), Nazokat Qosimova (1969, professor) va oʻgʻillari Mahmud Qosimov (1979, sharqshunos), Muzaffar Qosimov (1981, iqtisodchi, tadbirkor).

Uning qizi Qosimova Nazokat Anvarovna siyosiy fanlar doktori, Toshkent Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi dorilfununi professori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlimi islohoti boʻyicha milliy eksperti, 50 dan oshiq ilmiy adabiyot muallifi.

2) Sanjar Mahmudovich Qosimov 3-Hukumat kasalxonasi bosh shifokori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Doʻrmon qarorgoxi rahbari, Rossiyaning Kislovodsk shahrida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ish boshqarmasi qoshidagi „Oʻzbekiston“ sanatoriyning direktori (Manzili: 357700, Rossiya, Stavropol oʻlkasi, Kislovodsk shahri, Mira shohkoʻchasi, 21. Telefon: (87937) 3-10-91, 3-07-66 (f), 3-03-56, 3-13-85, 3-12-24).

3) Gulchehra Toshkent davlat dorilfununi tarix kulliyoti dekani.

4) Raʼno Fargʻona davlat dorilfununi iqtisodiyot kulliyoti dekani, turmush oʻrtogʻi Alisher Abdujalilovich Otaboyev 1997 yilgacha Fargʻona shahar hokimi, Fargʻona viloyati hokimining 1 oʻrinbosari (1997-15-yanvar 2000-yil), Fargʻona viloyati hokimi (15-yanvar 2000 yil-15-oktabr 2004 yil), 174 sonli Beshariq saylov okrugidan 2 chaqirilishdagi Oliy Majlis deputati (oktabr 2000-2004 yillar). "El-yurt hurmati" ordeni (27-avgust 2002 yil) bilan taqdirlangan.

5) Guljahon Mahmudovna Qosimova (13-fevral 1950 yil Fargʻona shahrida tugʻilgan) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Fargʻona davlat dorilfununi prorektori, ingliz tili kulliyoti dekani, ingliz tili kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi.
Kasimova Guljahon Maxmudovna „Opit razvitiya narodnogo obrazovaniya i podgotovki kadrov v sovetskom Uzbekistane i ego znachenie dlya stran sotsialisticheskoy orientatsii“ (Seredina 60- nachalo 80-x godov): avtoreferat dissertatsii kandidata istoricheskix nauk: 07.00.02 AN UzSSR. Institut istorii, Tashkent 1989 g., 23 s.

Birinchi oʻzbek generali, polk komandirlaridan biri boʻlgan ajoyib inson Mahmud Qosimov haqidagi yorqin xotira Oʻzbekiston xalqining yorqin xotirasida abadiy saqlanib qoladi.

Olgan mukofotlari




Abadiylashtirish




Andijon viloyati oʻlkashunoslik muzeyi OKM, № 4304-4316, 19 ed. xr., 1921-1954 yillar.

Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi davlat muzeyi № 3015, 33 ed. xr., 1930-1958 yillar.

Adabiyot




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz