Qosimov, Anvar Mahmudovich
Anvar Mahmudovich Qosimov (1933 Oʻsh shahri-yetakchi sovet, oʻzbek sharqshunos, hindshunos, turkshunos olimi, tashqi siyosat va xalqaro aloqalar boʻyicha eksperti, tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi
Olgan bilimi
Hayot yoʻli
Qosimov 13-aprel 1933 yili Oʻsh shahrida tugʻilgan, yetakchi sovet, oʻzbek sharqshunos, hindshunos, turkshunos olimi, tashqi siyosat va xalqaro aloqalar boʻyicha eksperti, tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi. Oʻzbekiston Kompartiya Markaziy Qoʻmitasining targʻibot-tashviqot boʻlimi mudiri, SSSR tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatida, SSSRning Turkiyadagi elchixonasining maslahatchisi, Toshkent Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi dorilfununi va Toshkent Sharqshunoslik oliygoxi kafedrasi mudiri, professori, tarix fanlari doktori, bir necha oʻnlab ilmiy kitoblar muallifi. 1991 yili Anvar Qosimov rahbarligida Toshkent Sharqshunoslik oliygoxida jahon siyosati kafedrasi tuzilgan.
Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidentining (SRV № 571/2005/ QD/CTN, Xanoy, 7-iyun 2005 yildagi „Doʻstlik ordenlari va medallari bilan taqdirlash toʻgʻrisida“gi qaroridan koʻchirma: „Za bolshie zaslugi v okazanii pomoщi Vetnamu v podgotovke nauchnix kadrov, v ukreplenii drujbi i mnogostoronnego sotrudnichestva mejdu Vetnamom i Uzbekistanom“ nagradit Medalyu „Drujbi“ SRV Kasimova Anvara Maxmudovicha-professora Universiteta mirovoy ekonomiki i diplomatii i Tashkentskogo instituta Vostokovedeniya.
Yozgan asarlari
U bir necha oʻnlab ilmiy kitoblar muallifi:
Oilasi
Uning otasi Qosimov, Mahmud Tojiqulovich — sovet harbiy qoʻmondoni, birinchi oʻzbek polk komandirlaridan biri, Fargʻona viloyati harbiy komissari, SSSRning Erondagi elchixonasi harbiy attashesi.
Onasi Karomatxon Nishonboyevna (Oʻsh shahrida tugʻilgan) — 26-iyun 1986-yili Fargʻona shahrida vafot etgan. SSSRning Erondagi elchixonasi qoshidagi tibbiy kasalxonada ishlagan.
Toʻrtta farzandi bor: qizlari Mumtoz Abdurazzoqova (1966, sharqshunos), Nazokat Qosimova (1969 va oʻgʻillari Mahmud Qosimov (1979, sharqshunos), Muzaffar Qosimov (1981, iqtisodchi, tadbirkor).
Uning qizi Qosimova Nazokat Anvarovna siyosiy fanlar doktori, Toshkent Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi dorilfununi professori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlimi islohoti boʻyicha milliy eksperti, 50 dan oshiq ilmiy adabiyot muallifi.
Olgan mukofotlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org