Qosimjon Oxunov




Qosimjon Oxunov (1904— Andijon — 1989.17.5) — Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Shoira Eʼtibor Oxunovaning ota-si. Andijon shahri maorifi qoshidagi mu-siqa dastasida (1922—24) M.Jabborov, T.Jalilov, Us t a Roʻzimatxon kabi sanʼ-atkorlardan tanbur, dutor boʻyicha taʼlim olgan. 1924-yildan Andijon teatri aktyori. Tabiiylik, samimiyat, mayin yumor O. ijodiga xos. U, ayniqsa, oddiy mehnatkash xalq vakillari obrazini mahorat bilan ijro etgan. Tabib (V.Yan, Choʻlpon, "Hujum"), Raxim yamoqchi, tabib (Gʻ.Zafariy, "Halima"), Vali (U.Hojibekov, "Arshin mol-olon"), Mulladoʻst (Hamza, "Maysaraning ishi"), Zayd (Xurshid, "Farhod va Shirin") kabi rollari bilan tanilgan. Xonanda sifatida "Dugoh", "Bayot-5", "Ushshoq" kabi qoʻshiklarni ijro etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz