Qosimbekov To'lagan




Toʻlagan Qosimbekov (1931.15.1, Qirgʻiziston, Jalolobod viloyati Yangiyoʻl tumani Aqjoʻl qishlogʻi) — Qirgʻiziston xalq yozuvchisi (1986).

"Yilqichi oʻgʻli" (1956), "Tugʻilgan yer" (1958) kitoblari, "Odam boʻlgim keladi" (1960) qissalari bilan tanilgan.

"Singan qilich" (1966) romani mashhur. Asarda qirgʻiz xalqining 19-asr oʻrtalaridagi hayoti tasvirlangan. Qoʻqon xonligi davriga oid tarixiy voqealar, Oʻrta Osiyoning ruslar tomonidan zabt etilishi, uning oʻzbeklar va qirgʻizlar taqdiriga taʼsiri epik planda koʻrsatilgan.

"Kelkel" ("Toleʼ", 1986) romani — "Singan qilich"ning mantiqiy davomi boʻlib, unda 19-asrning 2-yarmi va 20-asrning 1-choragidagi Oʻrta Osiyo xalqlari hayoti Toʻqtagʻul, Qurbonjon dodxoh kabi tarixiy shaxslar taqdiri orqali ochib berilgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz