Qosim Sorokin




Qosim Sorokin  (1899—1938) — oʻqituvchi, davlat va siyosat arbobi. OʻzSSR xalq maorifi komissari Millati — tatar. Otasi ishchi boʻlgan. Oʻzi O‘qituvchi. 1919-yildan VKP(b) aʼzosi, 1929-yildan kasaba ittifoqi aʼzosi. Maʼlumoti o‘rta, o‘zbek, rus tillarini biladi.

Tarjimayi holi



Qosim Sorokin 1899-yili dekabrida Ulyanovsk guberniyasida tug‘ilgan. 1921-yilda Sharqshunoslik institutida 1 yil o‘qigan. 1931—1933-yillari marksizm-leninizm kursida o‘qigan. 1913—1917-yillarda taʼtil vaqtlarida omborxonalarda, idorada ishlagan. 1918-yil o‘zbek sovet boshlang‘ich maktabda o‘qituvchi, 1918—1920-yillarda Farg‘ona viloyat xalq maorifi bo‘limida yo‘riqchi.
Viloyat musulmonlar byurosi targ‘ibot-tashviqot bo‘limi mudiri, „Yangi sharq“ gazetasida, viloyat siyosiy bo‘limida axborot bo‘limi boshlig‘i, uyezd-shahar partiya komitetida targ‘ibot-tashviqot bo‘lim mudiri vazifalarida ishlagan. 1921-yilda Qo‘qonda chiqayotgan „Mehnat bayrog‘i“ gazetasi mas’ul muharriri bo‘lib xizmat qilgan. 1922—1929-yillarda Toshkentda „Turk ROSTA“da tashkilotchi, „Qizil bayroq“ gazetasida va qator nashrlarda muharrirlik qilgan. 1923—1924-yillarda „Ozod Buxoro“ gazetasida mas’ul muharrir boʻlgan. 1924—1926-yillarda Moskvada VKP(b) Markaziy Komiteti matbuot bo‘limi yo‘riqchisi vazifasida ishlagan.

1926—1929-yillarda Samarqandda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetida matbuot bo‘limi mudiri o‘rinbosari, 1927—1929-yillarda „Qizil O‘zbekiston“ gazetasida mas’ul muharrir boʻlgan. 1930—1931-yillarda O‘zKompartiya Markaziy komiteti matbuot sektori mudiri vazifasida ishlagan.

O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti byurosi 1936-yil 13-iyunda Qosim Sorokinni OʻzSSR xalq maorifi komissari qilib tayinlaydi. Uning bu lavozimga loyiqligini partiya va hukumat rahbarlari F.Xoʻjayev, D.Rizayev, A.Ikromov, A.Karimov, Sharipovlar oʻz soʻzlarida taʼkidlaganlar.

Toshkentga kelgan SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasining 1938-yil 4-oktyabrdagi sayyor yigʻilishida Qosim Sorokin oliy jazoga hum etilgan, hukm oʻsha kuni ijro etilgan. KPSSning XX syezdidan soʻng reabilitatsiya qilingan, partiyaviy staji tiklangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz