Qosim Solijonov




Qosim Solijonov (1936.6.12, Konimex tumani) — bezovchi rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1962). "Toshshaharreklama" kombinatida bezovchi rassom (1962— 64), "Rassom" kombinatida (1964—69), Toshkent shahar obodonchilik bosh boshqarmasida (1969—71) bosh rassom. Solijonov Toshkent shahri bosh rassomi sifatida Sirgʻali, Hamza va boshqa tumanlarni bezagan; Turkiya, Suriya, Bolgariya, Tunis, Marokko va boshqa mamlakatlarda uyushtirilgan xalqaro yarmarkalarda Oʻzbekiston pavilonini bezashda ishtirok etgan, "Mustaqillik", "Navroʻz" va boshqa bayramlarni badiiy siyosiy ruhda bayramona bezashda faol qatnashadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz