Qosim ibn Husayn Xorazmiy
Hayoti va faoliyati
Qosim ibn Husayn Xorazmiy — toʻliq ismi Abu Muhammad Majiduddin Qosim ibn Husayn ibn Muhammad Xorazmiydir.
Qosim ibn Husayn Xorazmiy grammatik olim, nasriy yozuvchi, shoir. Adabiyotning mohir ustasi, nazm va nasr bobida etuk adib hisoblanadi. U „Sadrul fazoil“ („Fazilatli kishilar peshvosi“) laqabi bilan mashhur boʻlgan.
U 1160 yili Xorazmda tugʻilgan.
Ustozlari
Roziyiddin Naysoburiy, Mutarriziy Xorazmiy, Faxriddin Roziy, Abdulkarim Anmotiy, Oriz Saraxsiy va Afzaliddin Gʻiyloniy.
Asarlari
„Kitobus sabika“, „Badoiʼul mulah“, „Tajmir fi sharhil Mufassal liz Zamaxshariy“, „Tavzih fi sharhil Maqomot lil Haririy“, "Xolvatur riyohiyn fil muhozarot", „Zavoya val xaboya fin nahv“, „Sharhul abniya fin nahv“, „Sharhul ahojiy liz Zamaxshariy“, „Sharhul Anmuzaj liz Zamaxshariy“, „Sharhul yaminiy lil Utbiy fit tarix“, „Ziromus saqt fi sharhi siqtuz zand li Abu Alo Maʼariy“, "Ujalatus safar fish sheʼr", „Ajoibun nahv“, „Kitobus sir fi ilmil eʼrob“, „Lahjatush sharʼi fi sharhi alfozil fiqhi“, "Bastus sabika fi sharhil Mufassal", „Kitobul mufrad val muallaf“, „Kitobul muhassal lil muhassala fil bayon“ kabi asarlarini yozgan. „Diromus saqt fi sharh siqtuz zand“ asarini 1191/587 yili Samarqandda yozgan.
Shogirdlari
Vafoti
U 1220-yili vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org