Qoʻshtepa kanali
Qoʻshtepa kanali (pushtucha: کانال قوش تیپه) — Afgʻoniston shimolida Tolibon tomonidan Amudaryo suvini burish uchun qurilayotgan bahsli kanal. Kanal uzunligi 285 km boʻlishi kutilmoqda. Kanal qurilishi 2022-yil mart oyida boshlangani taxmin qilinadi. Oʻzbekiston kanalning qishloq xoʻjaligiga salbiy taʼsir koʻrsatishidan xavotir bildirdi. Shuningdek, kanalga Amudaryodan suvni burish natijasida Orol dengizi falokati yanada ogʻirlashishi aytilmoqda.
Tolibonga koʻra, tashabbus 550 ming gektar choʻlni qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli yerlarga aylantirishi koʻzlangan. Tolibon Qoʻshtepa kanali qurilishini ustuvor loyihaga aylantirdi. Planet Labs taqdim etgan suratlardan 2022-yil aprelidan 2023-yil fevraligacha 100 km dan ortiq kanal qazilganligini koʻrish mumkin. Mustaqil ekspertlar va muhandislar loyihaga shubha bilan qarab, Tolibon kanalni samarali yakunlash boʻyicha nou-xauga ega emasligi va loyihani moliyalashtirish qiyin boʻlishi, chunki hech bir xorijiy donor uni qoʻllab-quvvatlashga tayyor emasligini taʼkidlamoqda.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org