Qoʻshqanot
Qoʻshqanot (ruscha: Кушканат) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan.
Etimologiyasi
Qoʻshqanot soʻzi qoʻsh va qanot soʻzlarining jamlanmasi hisoblanadi. Qoʻsh — yonma-yon, tutash joylashgan, bir-biriga birikib turgan ikki narsa maʼnosida qoʻllaniladi. Qanot esa uchuvchi jonivorlarning osmonda turishini va muvozanatini taʼminlovchi aʼzosi. Lekin shaharchada ayni parranda yoki biron jonivorning aʼzosi tilga olinmagan. Bu shu hududa istiqomat qilgan shaxsning laqabi boʻlishi mumkunligi haqida taxminlar mavjud. Qanot (a) soʻzi kanal, irmoq X-XIX asrlarda tojik tilida koriz, yer osti arigʻi, suv yoʻlagi maʼnolarida qoʻllanilib kelingan. Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyo tarixi haqidagi arab va fors-tojik manbalarida qanot va koriz soʻzlari oʻzaro sinonim sifatida qoʻllanilgan va yer osti suv yoʻlagi maʼnosini anglatgan. Shunga koʻra, qoʻshqanot soʻzi yonma-yon joylashgan ikkita yer osti suv yoʻlagi degan maʼnoda qoʻllanilgan. Avvaliga shaharcha hududi faqat tepalikdan iborat boʻlgan, keyinchalik esa qishloq barpo etilgan.
Joylashuvi
Qoʻshqanot shaharchasi Shahrisabz tumanida, dengiz sathidan 802 metr balandlikda joylashgan.
Iqlimi
Qoʻshqanot shaharchasining iqlimi keskin kontinental boʻlib, qishi birmuncha iliqroq boʻladi. Yoz nisbatan issiq va kechalari ham havo harorati pasaymaydi.
Aholisi
1-yanvar 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Qoʻshqanot shaharchasida 3100 nafar kishi istiqomat qilgan. Bu 3 yil avvalgi koʻrsatkichdan 200taga koʻproqdir.
Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etsa ham, qozoq, qirgʻiz va tojik millatiga mansub kishilar ham topiladi.
Tuzilishi
Shaharcha tarkibida asosiy Qoʻshqanot mahallasi joylashgan. Shuningdek, shaharchada 47-sonli maktab, musiqa maktabi, toʻyxona, Ibn Sino nomli dam olish sihatgohi, bir necha doʻkonlar faoliyat yuritadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org