Qoʻshoyoqlar




Qoʻshoyoqlar , qoʻshoyoqsimonlar — kemiruvchilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. 14 urugʻi, 30 turi maʼlum. Yevrosiyo, Shimoliy Afrika va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Tanasining uz. 5—26 sm; dumi tanasidan uzun, uchida bir tutam tuki bor. Orqa oyoqlari oldin-gisiga nisbatan 3—4 marta uzun, 1-va 5-barmoqlari qisqargan yoki butunlay yoʻq. Keyingi 2 oyogʻida sakrab harakat qiladi. 3 m gacha uzunlikka sakraydi. Iliq va issiq mintaqalardagi dasht, choʻl va chala choʻllarda, togʻlardagi ochiq landshaftlarda yashaydi. Yidda 2 martda 1—8 tadan bolalaydi. Hamma Q. qishki uyquga kiradi. Tunda yoki oqshomda faol. Oʻsimlikning yer ostki qismi, urugʻlari, baʼzan hasharot va ularning lichinkalari bilan oziklanadi. Oʻrta Osiyoda mitti Q., katta Q., seversov qoʻshoyogʻi, yemuranchik qoʻshoyoq, jun-oyoqli Q., turkman qoʻshoyogʻi, taroq-barmoqli Q. va boshqa tarqalgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz