Qoʻshnay
Qoʻshnay — oʻzbek, tojik va boshqa Sharq xalqlarida tarqalgan puflama tilchali musiqa cholgʻusi. Bir-biriga oʻzaro bogʻlangan ikkita bir xil garov qamishdan ishlanadi. Naychalarning uz. 250–300 mm, diametri 14–16 mm atrofida boʻladi. Puflash uchun uchining toʻsiq qismida tilcha ochiladi. Tilchalarning tebranayotgan qismlarini qisqartirish va uzaytirish uchun ipdan halqasi va uning pastida 7—8 barmoq teshikchasi mavjud. Diapazoni 1,5—2 oktavaga yetadi. Kuchli, yoqimli tovushga ega. Hozirda anʼa-naviy cholgʻu ijrochiligida asosan Fargʻona-Toshkent va Xorazm vohalarida, shuningdek, xalq cholgulari orkestri tarkibida qoʻllaniladi.
Ahmadjon qoʻshnay Umurzoqov, Ziyomiddin Shokirov kabi Qchilar oʻtgan. Hozirda M.Matyoqubov, Y.Tojiyev, N.Roʻziyev kabi sozandalar faoliyat koʻrsatadi.
uz.wikipedia.org