Qoʻshma Soʻzlar
Qoʻshma soʻzlar — ikki yoki undan ortiq oʻzak morfemaning qoʻshilishidan hosil boʻlgan va yagona struktur-semantik birlikni tashkil etgan soʻzlar. Mas; koʻzoynak, bilaguzuk, uchburchak, atirgul, boʻtakoʻz, nomoz-shomgul, mehmondoʻst, balandparvoz, erksevar, jigarrang kabi. Qoʻshma soʻzlar yasalishi uchun asos boʻlgan soʻzlar oʻzlarining dastlabki maʼnolarini qisman yoki butunlay yoʻqotadi: ular birgalikda tamoman yangi lugʻaviy maʼno bildiradi. Chunonchi, osh va qozon soʻzlari alohida leksemalar sifatida oʻz lugʻaviy maʼnolariga ega. Lekin ularning qoʻshilishidan hosil boʻlgan oshqozon soʻzi mazkur soʻzlarning dastlabki maʼnolaridan farqlanuvchi yangi maʼnoni — "inson va hayvonlarning ovqat hazm qilish aʼzo-si" maʼnosini bildiradi. Qoʻziqorin, itogʻiz, oqsoch, oqsuyak, kampirchopon singari Qoʻshma soʻzlar haqida ham shunday fikrni aytish mumkin.
Qoʻshma soʻzlar qismlari orasidagi maʼno munosabati har xil. Ular oʻxshatish, qiyoslash (karnaygul, otquloq, tuyaqush, sheryurak, qoʻykoʻz), xoslik, biror narsaga moʻljallanganlik (gultuvak, molqoʻra, olovkurak, tokqaychi, qiymataxta), biror oʻrin-joyga mansublik (suvilon, togʻolcha, choʻlyalpiz, qoʻqonarava), biror belgiga nisbat berish (achchiqtosh, olaqargʻa, shoʻrdanak, qizilishton, Qiziltepa), miqdorga munosabat (beshbarmoq, mingoyoq, qirqogʻayni, Beshariq) va boshqa maʼnolarni anglatadi. Qoʻshma soʻzlar strukturasi mavjud sintaktik aloqalarni eslatadi, boshqacha aytganda, Qoʻshma soʻzlar ega-kesim munosabatida, boshqa-ruv, moslashuv. bitishuv aloqalarida boʻlgan soʻz birikmalari asosida yuzaga kelgan. Mas, goʻshtkuydi, kelintushdi kabi Q.s ega va kesim munosabatini eslatsa, toʻyboshi. tomorqa, koʻzoy-nak kabi Qoʻshma soʻzlar moslashuvni, kitobsevar, dunyoqarash kabilar boshqaruvni, xom-kalla, koʻksulton, iskabtopar kabilar esa bitishuvni eslatadi.
Q.s ot, sifat, ravish va qisman feʼl turkumida tarqalgan. Ularning komponentlari bir soʻz turkumiga yoki turli soʻz turkumlariga mansub boʻlishi mumkin. Mas, qoʻshma otlar ot-+ot (belkurak), sifat+ot (oqqush), son+ot (sakkizoyoq), feʼl+ot (Yoril-tosh), ot+feʼl (boʻyoʻsar), feʼl+feʼl (Sotib-oldi, ishlabchiqarish) kabi qoliplarda boʻladi. Boshqa soʻz turkumlariga oid Q.s ham oʻziga xos qoliplar asosida yasaladi.
Oʻzbek tilshunosligida Qoʻshma soʻzlarni oʻrganish boʻyicha A.Hojiyev, B.Madaliyev, N.Mamatov va boshqa tomonidan anchagina izlanishlar olib borilgan.
Adabiyot
Nosirjon Oxunov.
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Qoʻshma soʻzlar haqida batafsil ma'lumot:
Qoʻshma soʻzlar nima?
Qoʻshma soʻzlar – bu ikki yoki undan ortiq soʻzlarning maʼno jihatdan birlashib, yangi bir soʻz hosil qilgan soʻzlardir. Ular oʻz tarkibidagi soʻzlarning maʼnosini yoʻqotmaydi yoki qisman saqlab qoladi, lekin yangi, mustaqil maʼnoga ega boʻladi.
Qoʻshma soʻzlarning turlari:
-
Birlashma qoʻshma soʻzlar:
Bu turdagi soʻzlar tarkibidagi soʻzlar yonma-yon yoziladi va ular bir-biriga munosabatda boʻladilar. Masalan:
- ota-ona
- qizaloq- bola
- quyosh-nur
-
Bir soʻzli qoʻshma soʻzlar:
Bu tarkibidagi soʻzlar birlashtirilib, bitta soʻz kabi yoziladi va talaffuz qilinadi. Masalan:
- qaytaqayta
- toʻgʻridan-toʻgʻri
- yoshi katta
-
Bogʻlanma qoʻshma soʻzlar:
Soʻzlar bogʻlanma yordamida birlashtiriladi. Masalan:
- koʻz-koʻz (tavsiya sifatida ishlatiladi)
- ish-uchun
Qoʻshma soʻzlarning ahamiyati:
- Qoʻshma soʻzlar tilimizning boyligidir, bu soʻzlar yordamida fikrlar qisqaroq, aniq va ifodali yetkaziladi.
- Ular tilimizda yangi maʼno berish imkonini yaratadi va soʻz boyligini oshiradi.
Misollar bilan chiqarilgan qoʻshma soʻzlar:
- yashil choy
- togʻ-otasidan
- qora koʻz
- kun botishi
- qishloq joyi
Qoʻshma soʻzlarni aniqlashda eʼtibor beriladigan jihatlar:
- Qoʻshma soʻzlar bir maʼno hosil qiladi, yaʼni ular mustaqil soʻz sifatida ishlatiladi.
- Qoʻshma soʻzlarning yozilishi va talaffuzi qoʻida asosida belgilanadi.
- Ular gap tarkibida sifatdagi, otlik yoki feʼl soʻz turkumidagi vazifani bajarishi mumkin.
Agar hohlasangiz, qoʻshma soʻzlarning shakllari yoki yozilish qoidalari haqida ham batafsilroq maʼlumot berishim mumkin.